• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda arxeologik yodgorlik hududi yaylov uchun berib yuborilgani aniqlandi

    Buxoro viloyatidagi “Vardonze qo‘rg‘oni” arxeologiya yodgorligi hududiga zarar yetkazilayotgani bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kelib tushgan murojaat Milliy arxeologiya markazi, Madaniy meros agentligi va boshqa mutasaddi idoralar bilan birgalikda o‘rganildi, deb xabar beradi Antikorrupsiya agentligi matbuot xizmati.

    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    O‘rganish jarayonida Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “To‘ymurod Xolmurod o‘g‘li” fermer xo‘jaligi rahbari A.Q. tegishli idoralarning xulosalarini olmasdan, obyektning muhofaza hududini og‘ir texnika yordamida surib, yer qazish, yer tuzish, ekin ekish va melioratsiya ishlarini amalga oshirgani aniqlangan. Shuningdek, u ariq qazib, fermer xo‘jaligi yer maydonini arxeologiya obyekti muhofaza maydoni hisobidan kengaytirgan. Bu esa obyektning Rabod qismi madaniy qatlami yo‘qotilishi, hududdagi saksovul daraxtlarining nobud bo‘lishi hamda yer qa’rida saqlanib kelayotgan qadimgi tarixiy topilmalarning yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan.

    Hujjatlarga ko‘ra, obyektning yer maydoni va muhofaza hududi tuman hokimligining 2013-yildagi qaroriga asosan 124 gektarni tashkil etgan. Ammo 2015-yilda hokimlik qonunchilikka zid ravishda, tegishli idoralarning xulosalarisiz obyekt hududini 76 gektar etib belgilagan.

    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    Shuningdek, qisqartirilgan yer maydoni fermer xo‘jaligiga yaylov sifatida foydalanish uchun berilgan, biroq amalda fermer uni ekin maydoniga aylantirib yuborgan.

    O‘rganish yakunida arxeologiya yodgorligining Rabod qismi yer maydonining 1 800 kvadrat metr qismiga shikast yetkazilishi oqibatida davlat manfaatlariga 26 milliard 730 million so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    Agentlik tomonidan to‘plangan hujjatlar asosida ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 132-moddasi (moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Jinoyat ishi dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun Buxoro viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

    Ma’lumot uchun, IV-XV acplarga oid ushbu obyekt davlat muhofazasida bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy Ro‘yxatida 603-raqam bilan moddiy madaniy meros obyekti sifatida ro‘yxatga olingan.

    O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra obyektni Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha 2021-yil 4-oktabrda YuNESKOga taklif kiritilgan.

    Avvalroq YuNESKO Umumjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kirishi kutilayotgan “Chor Bakr” majmuidagi yer noqonuniy auksionga qo‘yilgani, Parkentda arxeologik yodgorlik hududi g‘isht ishlab chiqarish uchun sotib yuborilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • Toshkent mahallalari YuNЕSKO Butunjahon madaniy merosining dastlabki ro‘yxatiga kiritildi
    • O‘zbekistonda madaniy meros obyektlarini rivojlantirish va obodonlashtirishga 117,3 mlrd so‘m ajratiladi

    16.03.2022, 11:20   Izoh (0)   33472
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda keksalar uchun 1-apreldan boshlab bir qator imtiyozlar beriladi

    16.03.2022, 10:11

    O‘zbekistonda pensiya yoshiga yetgan xodimlarni ishdan bo‘shatish taqiqlanmoqda

    16.03.2022, 10:05

    Istanbuldan uchgan samolyot tuman sababli Toshkent aeroportiga qo‘na olmadi

    16.03.2022, 09:06

    Qum va qor bo‘ronida qolgan Yevropa, temiryo‘ldagi norozilik, musobaqaga tayyorlanayotgan styuardessalar. 15-mart suratlari

    16.03.2022, 00:23

    O‘zbekistonga kirishda vaksina olgan chet elliklardan PZR-test talab qilish bekor qilindi

    16.03.2022, 00:04

    Toshkent viloyatida yuk mashinasining tirkamasi ag‘anadi, Andijonda Nexia piyodani urib ketdi. YTHlar tafsilotlari

    15.03.2022, 23:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.