Turkiyadan Toshkentga uchgan samolyot quyuq tuman sabab aeroportga qo‘na olmadi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Novosti Tashkentskogo neba” kanali.
Ma’lum qilinishicha, tuman sababli Istanbuldan uchib kelayotgan Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot ekipaji Toshkent aeroporti hududida ob-havo yomonlashgani — quyuq tuman tushgani bois Bishkekdagi “Manas” aeroportiga qo‘nish bo‘yicha qaror qabul qilgan.
Qayd etilishicha, hududga qalin tuman tushgan — ko‘rish chegarasi 100 metrgacha cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oxirlarida Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi qator aviaparvozlar kuchli qor sabab bekor qilingan, Istanbuldan Urganchga kelayotgan reys noqulay ob-havo tufayli Toshkentga yo‘naltirilgan edi.
Izoh (0)