• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Parkentda arxeologik yodgorlik hududi g‘isht ishlab chiqarish uchun sotib yuborilgani aniqlandi

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda O‘zbekistondagi ayrim arxeologiya yodgorliklariga ba’zi mahalliy hokimliklar hamda yuridik shaxslarning qonunga zid xatti-harakatlari oqibatida katta miqdorda zarar yetkazilayotgani aniqlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi

    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi

    Xususan, Toshkent viloyati Parkent tumani, “Istiqbol” MFYdagi “Tepa (Kultepa)” arxeologiya yodgorligiga tegishli 2 gektar yer maydoni hududi 2018-yil 28-sentabrda tuman hokimligi tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga zid ravishda auksion savdolari orqali “U.Q.B” MChJga xom g‘isht ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun berib yuborilgan.

    Aniqlanishicha, mazkur arxeologiya yodgorligi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan. Davlat mulki hisoblangan ushbu obyekt Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan.

    Ushbu arxeologiya inshootini “U.Q.B” MChJ rahbarlari 2020-yilda qonunchilik talablariga zid ravishda tadbirkor “U.M.P.” MChJga sotib yuborgan. Mazkur tadbirkorlik subyekti ham o‘z navbatida, bu obyektda xom g‘isht ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

    Sex uchun xomashyo, ya’ni tuproq mahsulotini yetkazib berish majburiyatini “U.Q.B” MChJ o‘z zimmasiga olgan. Tuproq esa ushbu arxeologiya inshooti hududidan qazib olingan. Oqibatda bu tarixiy inshootga katta miqdorda zarar yetkazilgan.

    Ushbu noqonuniy xatti-harakatdan xabar topgan Toshkent viloyati moddiy meros boshqarmasi 2020-yilda yetkazilgan zararni aybdor shaxslardan undirish, mansabdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish, tuman hokimining qarori va oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishni so‘rab, huquqni muhofaza qiluvchi va mutasaddi idoralarga murojaat qilgan. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari rahbarlariga ogohlantirish xatlari ham berilgan.

    Shunga qaramasdan, korxona mas’ullari o‘z faoliyatini davom ettirib kelgan.

    Holat bo‘yicha o‘rganish ishlariga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Milliy arxeologiya markazi mutaxassislari hamda hududiy davlat va jamoat tashkilotlarining mas’ul xodimlari jalb etilgan.

    Jumladan, 2021-yil noyabr oyida mazkur hududda ilmiy tadqiqot (tuproq qazish va obyektni kuzatish) ishlari olib borilgan. Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, mazkur arxeologiya obyekti eramizning I-IV asrlariga oid bo‘lib, ko‘chmanchi chorvador ajdodlarimizga tegishli qabriston yodgorligi sanalishi aniqlangan.

    O‘rganishlar davomida olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “U.M.P.” MChJ mansabdor shaxslari tomonidan “Tepa (Kultepa)” arxeologiya yodgorligi hududida xom g‘isht ishlab chiqarish va qazilma ishlari olib borilishi natijasida madaniy merosning obyektiga 1,5 trillion so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rilishini ta’minlash maqsadida agentlik tomonidan to‘plangan materiallar Bosh prokuraturaga yuborilgan. Natijada, 2021-yil dekabr oyida Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan “U.M.P.” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 132-moddasi (moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) 2-qismi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazib kelinmoqda.

    Avvalroq Buxoroda qo‘yxonaga aylangani rad etilgan “Chor minor” madrasasi chorbog‘ida tandirdan ham foydalanib kelingani ma’lum bo‘lgani, Qoraqalpog‘istonda maqbara hududida qabr uchun yerlar sotilayotgani, Samarqandda “snos”ga tushgan hududdan topilgan Qur’on oyatlari tushirilgan qadimiy qabrtoshlar qaysi asrga va kimga tegishli ekani aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • Shoshtepa yodgorligini konservatsiya qilish ishlarini amalga oshiradigan korxonaga litsenziya berildi
    • Xalqaro ekspeditsiya Qoraqalpog‘istonning tarixiy yodgorliklarini o‘rgandi

    02.02.2022, 12:06   Izoh (0)   21772
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda TikTok’ni butunlay bloklash taklif qilindi

    02.02.2022, 11:48

    Xalqaro islom akademiyasi rektori prezident maslahatchisi etib tayinlandi

    02.02.2022, 11:11

    Turizm va sport vazirligi Amir Temur qonxo‘r sifatida ta’riflangan videorolikka munosabat bildirdi

    02.02.2022, 10:23

    O‘zbekistonda 1-fevral kuni 1087 kishida koronavirus tasdiqlandi. Ularning yarmidan ko‘pi Toshkent shahrida

    02.02.2022, 10:07

    Toshkent viloyatida tojikistonlik shaxs salkam 11 kg gashish giyohvand moddasi bilan qo‘lga tushdi (video)

    02.02.2022, 09:50

    Qo‘qondagi xonadonda gaz portlagani haqidagi xabarga rasmiy izoh berildi

    02.02.2022, 09:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35

    “Real Madrid” 100 mln yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 12 iyul, 11:25

    AQSH Senati komiteti Ukrainaga 500 mln dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

    Dunyo | 12 iyul, 11:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.