Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainada urush boshlanganidan beri 4300 ga yaqin rossiyalik askar halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi rahbarining o‘rinbosari Anna Malyar bayonotiga tayanib, vazirlikning Facebook sahifasida xabar berilgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ukraina vazirligi hisobotida da’vo qilinishicha, 24—26-fevral kunlari Rossiya armiyasi 27 ta samolyot, 26 vertolyot, 146 ta tank, 706 ta zirhli texnika, ikkita dron, ikkita kema va kater hamda boshqa texnikalaridan ayrilgan.

Shu bilan birga, Ukraina Mudofaa vazirligi ushbu ma’lumotlar aniqlashtirilayotgani va yakuniy bo‘lmasligi mumkinligini ta’kidladi. Hozircha vazirlik ma’lumotlarini tasdiqlash yoki rad etishning imkoni yo‘q.

Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya texnikasi yoki ishchi kuchining yo‘qolgani haqida hanuz xabar bermagan. Faqatgina 26-fevral kuni Dog‘iston rahbari Sergey Melikov Ukrainadagi “maxsus operatsiya” vaqtida halok bo‘lgan rossiyalik zobit Nurmagomed Gadjimagomedovning o‘limini tasdiqlagan edi. Hozircha bu Rossiya rasmiylari tomonidan xabar qilingan yagona yo‘qotishdir.

26-yanvar kuni, Ukraina prezidentining ofisi urushda 3,5 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lgani va salkam 200 nafari asirga tushgani haqida xabar bergandi.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi