Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya tarkibiga kiruvchi Dog‘iston respublikasining rahbari Sergey Melikov Ukrainadagi “maxsus operatsiya” chog‘ida halok bo‘lgan rossiyalik ofitser, respublikada tug‘ilgan Nurmagomed Gadjimagomedovning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Gadjimagomedovning o‘limi haqidagi post 26-fevral kuni Melikovning Instagram’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan. Bu Rossiya Federatsiyasi rasmiysining Ukrainadagi rossiyalik harbiylarning o‘limi haqidagi birinchi xabaridir.

https://www.instagram.com/p/CacfMiigjN9/?utm_source=ig_embed&ig_rid=90f02de4-8142-4884-a701-a63df4b9ed75

“Men Donbassni himoya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya davomida o‘z burchini sharaf bilan bajargan yosh vatandoshimiz, Rossiya armiyasi ofitseri Nurmagomed Gadjimagomedovning o‘limi haqidagi fojiali xabarni cheksiz qayg‘u bilan qabul qildim. Kulinskiy tumanida tug‘ilgan, Dog‘istonning jasur o‘g‘loni Nurmagomedning oilasiga chuqur hamdardlik bildiraman”, — deyiladi xabarda.

Dog‘iston rahbari Gadjimagomedovning o‘limi sabablarini oshkor qilmagan. “Agentsva” ma’lumotlariga ko‘ra, marhum Havo-desant polkida xizmat qilgan, u Ingushetiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Engels Gadjimagomedovning o‘g‘li bo‘lgan.

24-fevraldan beri biror marta Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi harbiy harakatlari paytida rus qo‘shinlari orasidagi yo‘qotishlar haqida xabar bermadi (bunday ma’lumotlar Rossiyada maxfiylashtirilgan). 26-fevral kuni ertalab Ukraina prezidenti ofisi 3500 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgani, yana 200 ga yaqini asirga olingani haqida xabar berdi. Ushbu ma’lumotlarning mustaqil tasdig‘i yo‘q.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)