Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya qo‘shinlari Ukraina bo‘ylab Kiyev tomonga harakatlanmoqda. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Foto: “Kommersant”

Foto: “Kommersant”

“Rossiyalik harbiylar Ukraina Qurolli kuchlariga tegishli ikkita avtomobilni egallab olib, ukrainalik harbiylar formasini kiygan holda, Obolon tomondan Kiyev markaziga harakatlanmoqda. Ularning ortidan Rossiya harbiy yuk mashinalaridan iborat kolonna harakatlanib boryapti”, — deb yozadi u.

IIV rahbarining maslahatchisi Anton Gerashkoning ma’lum qilishicha, eng og‘ir kun bugun bo‘ladi: “Dushmanning rejasi — Ivankova va Chernigov tomondan tank kolonnalari bilan Kiyevga kirib borish”.

“UNIAN” ma’lumotlariga ko‘ra, 25-fevral tongida Rossiya tanklari va texnikalaridan iborat kolonna Ivankova posyolkasidan Kiyev tomon (shahardan qariyb 80 kilometr uzoqlikda) harakatlangan. Avvalroq Rossiya zirhli texnikalarini to‘xtatish uchun posyolka yaqinidagi ko‘prik portlatilgani aytilgan edi.

Kiyev viloyatidagi Vishgorod shahrida 25-fevral kuni ertalab artilleriya to‘plarining ovozlari eshitilgan. Shuningdek, Rossiya harbiy texnikalarining Sumks viloyatidagi harakati haqida ma’lum qilingan.

Tongdan Kiyevda yana trevoga signali ishga tushgan, aholidan zudlik bilan pana joyga yashirinish so‘ralmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi hozirgi vaziyatga hech qanday izoh bermagan.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni Daryo’ning live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi