Amerikalik aktyor va rejissor Shon Penn Ukrainaga hujjatli film suratga olish uchun keldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning matbuot xizmatiga asoslanib, InterMedia xabar bermoqda.
Hujjatli film loyihasi bo‘yicha ishlar 2021-yilning noyabrida boshlangan edi. Keyinroq Shon AQShga qaytgani uchun ish to‘xtab qolgan. Gollivud yulduzi 2022-yilning 24-fevralida Kiyevga qaytib, matbuot anjumanida ishtirok etdi. Shuningdek, u bir necha harbiy rahbarlar, jurnalistlar, hamda bosh vazir o‘rinbosari Irina Vereshukdan intervyu olgan.
Prezident matbuot xizmati bayonotida aytilishicha, “Rejissor Ukrainada yuz berayotgan barcha voqea-hodisalarni tasvirga olish hamda dunyoga haqiqatni so‘zlab berish uchun Kiyevga kelgan”.
“Biz undan ushbu jasorati hamda xolisligi uchun minnatdormiz. Shon Penn ko‘pchilik, jumladan, ayrim g‘arb siyosatchilariga yetishmayotgan jasurlikni ko‘rsatdi”, — deyiladi bayonotda.
Izoh (0)