Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar boshqa davlatlar bilan birgalikda global strategik zaxiralardan ko‘proq neft chiqarish ustida ishlayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Reuters.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Amerika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ushbu qadam energiya narxining ko‘tarilishini ushlab turish uchun mo‘ljallangan va ta’minot xavfsizligini ta’minlash uchun zarur. Shuningdek, u AQSh har qanday uzilishning oldini olish uchun energiya ta’minotini diqqat bilan kuzatib borayotganini ta’kidlagan.

“Biz asosiy energiya iste’mol qiluvchi yirik mamlakatlarning strategik neft zaxiralaridan jamoaviy chiqarishni oshirish uchun butun dunyo mamlakatlari bilan faol ishlamoqdamiz. Qo‘shma Shtatlar sharoit taqazo etsa, qo‘shimcha barrel neftlarni chiqaradi”, — deydi Bayden.

Ayni vaqtda Amerika Strategik neft zaxiralarida (SPR) 582,4 million barrelga yaqin neft saqlanmoqda — bu so‘nggi yillardagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Mamlakat Xalqaro energetika agentligi a’zosi sifatida bundan sezilarli darajada ko‘p hajmda neft saqlashi belgilangan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Xalqaro energetika agentligiga a’zo mamlakatlarning jami neft zaxiralari 2021-yil dekabr oxirida hukumatlarning favquloddagi holatlar uchun mo‘ljallanadigan zaxiralarida saqlanadigan 1,5 milliard barrel bilan birga, 4,16 milliard barrelni tashkil etgan.

Ta’kidlash kerakki, AQSh prezidentlari SPR zaxiralaridagi neftlarni favqulodda sotishga uch marta ruxsat bergan. Oxirgi marta 2011-yilda, OPEK tarkibiga kiruvchi Liviyadagi urushda. Shuningdek, sotuvlar 1991-yili Fors ko‘rfazidagi urush vaqtida hamda 2005-yilda yopirilgan “Katrina” to‘fonida amalga oshirilgan.

24-fevral kuni Yevropada gaz almashinuvi narxi 41 foizga oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bu gaz fyucherslari uchun 190 yevroga yaqinlashgan o‘tgan dekabrdan beri eng yuqori yoqilg‘i narxidir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi