Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

CNN telekanalining Kiyevdagi muxbiri jonli efirdagi chiqishida qator portlashlarni eshitganini aytdi. Ukraina poytaxtidagi portlashlar haqidagi ma’lumotni mahalliy “UNIAN” agentligi ham tasdiqladi.

CNN, shuningdek, Xarkov va Donetsk viloyatining Kramatorsk shahridagi portlashlar haqida xabar bermoqda.

Xarkovdan jonli onlayn translyatsiyada shaharda kamida bitta portlash yuz bergan, hodisa joyi tepasida tutun ko‘tarilgan.

“Gordon.ua” nashri Kiyevning Desnyanskiy tumanidagi muxbiriga tayanib xabar berishicha, 04:55 dan 05:30 gacha (Toshkent vaqti bilan 07:55 — 08:30) oraliqda portlashlarga o‘xshash kamida besh marta qarsillash eshitilgan. Shuningdek, “TASS” o‘z muxbiriga tayanib, bir guruh o‘t o‘chirish mashinalari Boryspol aeroporti yaqinidagi harbiy qism tomon yo‘l olganini xabar qildi.

Kiyevning “Julyany” aeroporti ishlashdan to‘xtagan.

24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qildi. Operatsiyadan maqsad “Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilishdir”, dedi u.

AQSh prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Rossiyaning Donbassdagi harbiy operatsiyalariga “hamjihatlikda va qat’iy javob qaytarishini” va’da qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr
Sport
Braziliya Janubiy Koreyaga qarshi, Portugaliya esa Shveysariya bilan bahs olib boradi. JCH—2022 nimchorak finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi