Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-iyundagi PQ 5188-sonli “Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida talabalarni zamonaviy va istiqbolli korxonalar faoliyati bilan tanishtirish, zavodlardagi amaliy laboratoriya va malaka amaliyotlarini o‘tkazishni ta’minlash belgilab qo‘yilgan.

Ushbu qaror ijrosini amalda bajarish maqsadida, joriy yilning 17-fevral kuni “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova tomonidan Uzbekistan GTL zavodida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Agentlik va “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida imzolangan memorandumda neft-gaz sohasida ta’lim sifatini oshirish, o‘zaro hamkorlik, nazariy hamda amaliy bilimlarni almashish, tajriba almashinish, mutaxassislar, professor hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish sohasida har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish orqali nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirish, neft va gaz sohasi uchun zarur bo‘lgan yetuk kadrlarni birgalikda tayyorlash borasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori boshchiligida agentlikning mas’ul xodimlari, Yangi O‘zbekiston universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, texnika fanlari doktori, professor Elyor Jumayev hamrohligidagi professor o‘qituvchilar, talabalar “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi Uzbekistan GTL zavodi faoliyati va Qashqadaryo viloyatida tabiiy gaz qazib chiqarilishidan qayta ishlashgacha bo‘lgan to‘liq jarayon bilan yaqindan tanishishdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, universitet talabalarining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlari hamda malaka amaliyotlari davlat organlari, davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida o‘tkazilishini tashkil etishdir.

Memorandum doirasida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida, ixtisoslashgan fanlardan laboratoriya ishlarini “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonalarda tashkil etish ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarni amalga oshirish, qisqa muddatli o‘qitish kurslari, konferensiyalarni tashkil etish ham yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Uzbekistan GTL zavodi ma’muriy binosida Yangi O‘zbekiston universiteti uchun maxsus xonalar ajratilib, talabalarning amaliyot o‘tashlariga sharoit yaratilishi hamda zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan laboratoriya ajratilishini ma’lum qildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi