Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, vakolatli iqtisodiy operatorlarning (insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etish) huquqiy maqomi kodeksda belgilangan.

Shuningdek, kodeksga reeksport, vaqtincha olib chiqish, reimport, vaqtincha olib kirish, yo‘q qilish bojxona rejimlari uchun ruxsatnoma olish talabi bekor qilinganiga oid o‘zgartirishlar kiritilgan.

Ruxsatnoma olish faqat tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlarida talab etiladi.

Bundan tashqari, kodeksga tranzit deklaratsiyasi tushunchasi kiritilgan. Unga ko‘ra tranzit deklaratsiyasi tovarlar va (yoki) transportlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda bojxona hududiga olib kiriladigan va O‘zbekiston hududi orqali tranzit olib o‘tiladigan tovarlarini jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjatdir.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Avvalroq O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i, go‘sht, un va sovun bojxona bojidan ozod etilgani, O‘zbekistonda xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish tartibi belgilangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda