Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

25-yanvar kuni soat 07:40 da Toshkentdan Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan HY-271 reysi kuchli qor sabab kechiktirildi, deb xabar beradi Uzbekistan Airways.

Ma’lum qilinishicha, Istanbul xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (kuchli qor, ko‘rishning yetarli darajada emasligi) sharoiti tufayli faqat 25-yanvar kungi HY-271 Toshkent—Istanbul reysi 13:00 ga ko‘chirilgan.

Bundan tashqari, Istanbul—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchishi kerak bo‘lgan HY-072 reysi Istanbul vaqti bilan soat 12:30 dan 17:50 ga ko‘chirilgan. Shuningdek, Urganch—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qiladigan HY-056 reysi vaqti 16:20 dan 20:05 ga o‘zgartirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 18-yanvar kuni ham Istanbuldan Urganchga kelayotgan reys noqulay ob-havo tufayli Toshkentga yo‘naltirilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov