Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 23-turida “Milan” va “Yuventus” jamoalari 23-yanvar, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Teng kurashlar ostida kechgan bahsda darvozalar daxlsiz qoldi.

“Milan” 49 ochko bilan musobaqa jadvalida uchinchi pog‘onada bormoqda. “Yuventus” (42) esa 5-o‘ringa joylashgan.

“Yuventus” keyingi turda 6-fevral kuni “Verona”ni qabul qilsa, “Milan” o‘sha kuni derbida “Inter”ga qarshi saf tortadi.

A Seriya

23-tur bahsi

23-yanvar, yakshanba

“Milan” — “Yuventus” 0:0

“Milan”: Menyan, Kalabriya (Florensi, 76), Romanyoli, Kalulu, Ernandes, Krunich, Tonali, Ibrahimovich (Jiru, 28), Rafael Leau (Rebich, 76), Brahim Dias (Bennaser, 61), Messias (Salemakers, 61).

“Yuventus”: Shchensni, De Shilyo, Kyellini, Rugani, Aleks Sandro, Kuadrado (Bernardeski, 65), Makkenni, Lokatelli (Artur, 65), Bentankur (Rabyo, 90), Morata (Kin, 74), Dibala (Kulusevski, 90).

Ogohlantirishlar: Lokatelli (9), Rafael Leau (12), Messias (43), Kin (89).