Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining chorak finaliga 21-yanvar kuni qur’a tashlandi.

Foto: Twitter/@RFEF

“Real” yarim final yo‘lida “Barselona”ni mag‘lub etgan “Atletik” bilan to‘qnash keladi, “Atletiko”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Real Sosyedad”ga esa “Betis” raqiblik qiladi.

Ispaniya Kubogi chorak final juftliklari bilan tanishing:

  • “Atletik” — “Real”
  • “Real Sosyedad” — “Betis”
  • “Valensiya” — “Kadis”
  • “Rayo Valyekano” — “Malyorka”

Nimchorak finalda “Real” “Elche” ustidan qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi. “Atletik” esa Xavi boshchiligadi “Barselona”ni taslim etdi. “Real Sosyedad” kutilmaganda “Atletiko M”ni musobaqadan chiqarib yubordi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!