Futbol bo‘yicha Italiya Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 18-yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Yuventus” “Sampdoriya” bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 25-daqiqasida Xuan Kuadrado hisobni ochgan bo‘lsa, 52-daqiqada Daniele Rugani ikkinchi golni urdi. 63-daqiqada esa Andrea Konti hisobni qisqartirdi.

67-daqiqada Paulo Dibala turinliklarning uchinchi goliga mualliflik qildi. 77-daqiqada Alvaro Morata penaltidan unumli foydalanib, hisobni yiriklashtirdi.

Bu g‘alaba orqali Massimilano Allegri shogirdlari Italiya Kubogining 1/4 finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Italiya Kubogi

1/8 final bosqichi

18-yanvar, seshanba

“Yuventus” – “Sampdoriya” 4:1

Gollar: 1:0 – 25 Kuadrado, 2:0 – 52 Rugani, 2:1 – 63 Konti, 3:1 – 67 Dibala, 4:1 – 77 Morata (penalti).

“Yuventus”: Perin, De Shilyo, Danilo (Kyellini, 62), Rugani, Aleks Sandro, Kuadrado (Ake, 75), Rabyo, Lokatelli, Artur (Bentankur, 75), Kulusevski (Dibala, 62), Morata (Kayo Jorje, 79).

“Sampdoriya”: Falkone, Konti (Kandreva, 64), Bereshinski, Murru, Manyani, Aujello (Dregushin, 81), Rinkon, Torsbyu (Ronaldu Vieyra, 64), Askildsen, Kaputo (Chervo, 85), Torregrossa (Gabbyadini, 64).

Ogohlantirishlar: Aleks Sandro (78), Rinkon (85), Ronaldu Vieyra (88).

“Latsio” – “Udineze” 1:0

Gol: 1:0 – 106 Immobile.