Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Zarina Nizomiddinova Instagram’dagi suratlari va videolarida turli filtrlardan foydalanmasligini isbotlovchi video tayyorlab, sahifasiga joyladi.

AQShda istiqomat qiluvchi o‘zbek aktrisasi Gulnora Qosimovaga turmush o‘rtog‘i yangi avtomobil sovg‘a qildi.

Foto: Instagram

Sharof Muqimov qizi Leyla bilan ma’lum sabablarga ko‘ra ayro yashayotgani hamda u bilan anchadan beri ko‘rishmayotgani haqida so‘zlab berdi.

Yulduz Turdiyeva va Ziyoda to‘y xizmatida uchrashib qoldi.

Foto: Instagram

Gulnora va Lola Karimovalarning qizlari Imon va Maryam 8 yil deganda Toshkentda diydor ko‘rishdi.

Foto: Instagram

Rayhon singlisi, farzandlari va jiyanlari bilan tog‘ yonbag‘rida hordiq chiqardi.

Ayni vaqtda Istanbulda yashayotgan aktyor Akbarxo‘ja Rasulov o‘g‘il farzandli bo‘ldi.

Foto: Instagram

Ikkinchi marta ona bo‘lgan Asal Shodiyeva farzandini dunyoga keltirganidan so‘ng ilk marta video orqali muxlislariga ko‘rinish berdi.

Oilasi bilan AQShga ko‘chib ketgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova musofirchilikda nimalarni o‘rgangani haqida mulohaza yuritdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Nilufar Usmonova boks bilan shug‘ullanayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Tiktoker Bonamur intervyu paytida jurnalist bilan janjallashib ketgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Malika Ravshanova va Shirin turmush o‘rtoqlariga Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tashkillashtirib berdi.