Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Xonanda Imron kuzatuvchilariga yangi suratini taqdim etdi. Suratga izoh sifatida esa yangi qo‘shig‘i so‘zlarini yozib qoldirdi.

Foto: Instagram

Yulduz Turdiyeva o‘zining san’atni tark etgani haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi.

Xonanda Kaniza imijini o‘zgartirish borasida folloverlaridan maslahat so‘radi.

Foto: Instagram

Komik aktyor Dilshod Mirzamurodov oilasi bilan AQShda sayohat qilmoqda.

Vohidjon Isoqov sport zalida Yulduz Usmonova bilan uchrashib qoldi.

Foto: Instagram

Shukurullo Isroilov, Halima Ibragimova va bloger Dili.me yangi klipda suratga tushmoqda. Klipda ular uchun o‘ziga xos, yangi imij yaratilgan.

Feruza Normatova ro‘moli tufayli qiyin vaziyatga tushib qolgani haqida gapirdi.

Foto: Instagram

“Juda qiyin ahvoldaman. Arosatda qoldim, vijdonim qiynalib boshim qotdi. Komedik videolar olsam, muslimalar nomiga dog‘ tushiryapsan deysiz. Mening esa hali shartnomalarim tugamagan. Hozircha Instagram’da faol bo‘lishim kerak. Ibratli videolar olsam, sengamas bunaqa videolar olish deysiz. Bitta boshga o‘ralgan ro‘molning mas’uliyati shu qadar og‘ir va sinovli ekanini bilmagandim. Bundan keyin Alloh nasib etsa, umuman komediya janrida ijod qilmaslikni o‘yladim. Bu borada sizning fikringiz qanday? Menga yordam bering, azizlar. Bugunoq bir qarorga kelaman Inshaa Alloh”, — deydi aktrisa.

Munisa Rizayeva vaynerlar Abduroziq va Erali bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Xonanda Afruza ayni kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib turibdi. Xonanda ko‘chada musiqa chaladigan sozandalar jo‘rligida turkcha qo‘shiq kuyladi.

12-yanvar kuni o‘zbek shou-biznesidagi taniqli juftliklardan biri Shohruhxon va Asal Shodiyeva ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi. Juftlikning o‘g‘li Istanbuldagi hashamatli klinikalardan birida dunyoga keldi. Shohruhxon va Asal ushbu klinikaga 2021-yilning noyabr oyida tashrif buyurib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishgan edi.

Shohruhxon ikkinchi bor ota bo‘lgani munosabati bilan sahifasida ta’sirli post yozib qoldirdi. U o‘g‘li Muhammadyusufga murojaat qilib, uni ushbu quvonchli hodisa bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Asal Shodiyeva klinikada o‘g‘li bilan yuz ko‘rishgani aks etgan fotoni sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

“Bravo” kulgi jamoasi vakili Shahlo Zoirova ham yaqin do‘stlarini samimiy tabrikladi.

Foto: Instagram

Taniqli xonanda Alisher Fayz Rossiyada ishlab yurgan muhojirlarning mashaqqatli mehnati haqida qo‘shiq kuyladi.

Sitora Farmonova insonlar soxtaligi ilon zahridan ham xavfliroq ekanligi haqida mulohaza yuritdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonov bilan qanday tanishgani haqida kuzatuvchilariga so‘zlab berdi. Uning ayticha, aktyorlar “Mening yurtim” telekanalidagi ko‘rsatuv uchun birga qo‘shiq kuylashi kerak bo‘lgan. Qo‘shiq yoziladigan kun esa Yigitali Mamajonov bo‘lg‘usi rafiqasi bilan duet aytish fikridan qaytgan.