• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga orden va medallarni topshirdi

    Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 14-yanvar kuni Prezident administratsiyasida Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlarining bir guruh xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, davlat rahbari barcha harbiy xizmatchilarni va soha faxriylarini mazkur shonli sana bilan tabriklagan:

    “Mustaqilligimizning 30 yilida Qurolli Kuchlarimiz tashkil topib, fidoyi askarlar, ofitser va generallar yetishtirib, zarur aslahalar bilan ta’minlanib, bugun mana shunday yetuk armiyaga aylandi. Bu jonajon Vatanimizdagi tinchlik, barqarorlik, xalqimizning osoyishta yashashiga zamin bo‘lyapti”.

    So‘nggi yillarda mudofaa tizimining jangovar salohiyatini oshirish bo‘yicha bir qator ishlar qilingan. Harbiy boshqaruv tizimi deyarli yangidan barpo etildi. Harbiy-ma’muriy sektorlar tuzilgan. Qo‘shin turlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlar yo‘lga qo‘yilgan. Eng murakkab vazifalarni ham tezkorlik bilan bajarishga qodir bo‘lgan bo‘linmalar tashkil etilgan. Qo‘shinlarning jangovar va ruhiy tayyorgarlik darajasi oshgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Har yili Vatan himoyachilari kuni arafasida Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi o‘tkazilib, sohada bajarilgan ishlar va navbatdagi muhim vazifalar muhokama qilib borilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Kechagi yig‘ilishda biz munosib kuch-qudratimizni bundan ham mustahkamlash, har bir yo‘nalishda ilmni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha katta rejalar qabul qildik. Dunyoda va mintaqamizda bo‘layotgan tahlikali voqealarni chuqur tahlil qilib, xalqimizning tinchligi, chegaralarimiz daxlsizligi bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘ramiz. Biz faqat o‘z kuchimizga ishonamiz”, — prezident.

    Vatan himoyachilari bilim va fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Harbiy okruglarga, harbiy-ma’muriy sektorlarga men qo‘ygan eng katta vazifa – xalq bilan armiya birligini ta’minlash, inson qadrini ulug‘lash haqida bo‘ldi. Bunda sizlar yetakchi, har bir harakatingiz bilan yoshlarga namuna bo‘lasiz, deb ishonaman”, — degan davlat rahbari.

    Marosimda Shavkat Mirziyoyev unvon to‘g‘risidagi guvohnomalarni, orden va medallarni tantanali ravishda topshirdi. Vatan himoyachilariga sihat-salomatlik, zimmasidagi olijanob vazifalarni samarali ado etishda ulkan zafarlar tilagan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Afsuski, hamma mukofotlanganlarni bu zalga yig‘ishning iloji yo‘q. Lekin barcha mukofotlanganlarni, bugun kelolmaganlarni ham davlatimizning yuksak unvonlari, orden va medallari bilan chin dildan tabriklayman. Mukofot bu – e’tibor, xalqimizning ishonchi timsoli. Bu sizlarga ruh, kuch-g‘ayrat bag‘ishlab, yangi-yangi muvaffaqiyatlarga undashi kerak. Mard posbonlari bor xalqning ertangi kunga ishonchi mustahkam, g‘urur-iftixori baland bo‘ladi”, — degan prezident.

    So‘zga chiqqanlar yuksak mukofot va doimiy e’tibor uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirgan.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘llab, bir guruh harbiylarni mukofotlagandi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
    • Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoning O‘zbekiston haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi

    14.01.2022, 17:14   Izoh (0)   36615
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2021-yilda auksion orqali qariyb 300 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotilgan

    14.01.2022, 16:52

    Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    14.01.2022, 16:32

    Toshkentda aeroportga eltuvchi ko‘prikning bir tomoni 15 kunga yopildi

    14.01.2022, 16:06

    O‘zbekistonda ochiq ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni e’lon qilmagan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin

    14.01.2022, 15:12

    Samarqand davlat universitetiga Sharof Rashidov nomi berildi

    14.01.2022, 14:40

    O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 15-yanvar kuni yomg‘ir yog‘adi

    14.01.2022, 14:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.