FIFA 2021-yilda jahon futbolida amalga oshirilgan transferlar haqida hisobot berdi.

Foto: Getty Images

Tashkilot klublar tomonidan sarflangan pullar narxini ochiqlamasdan, 2021-yilning eng qimmat transferlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Unga ko‘ra “Inter”dan “Chelsi”ga o‘tgan Romelu Lukaku 2021-yilning eng qimmat transferi deb topildi. Ikkinchi o‘rinni “Borussiya D”dan “Manchester Yunayted”ga transfer qilingan Jeydon Sancho egallagan bo‘lsa, “Inter”dan “PSJ”ga o‘tgan Ashraf Hakimi kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Qayd etish kerak, ushbu hisobotda faqat turli mamlakatlar klublari o‘rtasidagi transferlar keltirilgan.

2021-yildagi eng qimmat transferlar:

  1. Romelu Lukaku (“Inter” / “Chelsi”)
  2. Jeydon Sancho (“Borussiya D” / “Manchester Yunayted”)
  3. Ashraf Hakimi (“Inter” / “PSJ”)
  4. Rafael Varan (“Real” / “Manchester Yunayted”)
  5. Temmi Abraham (“Chelsi” / “Roma”)
  6. Ibraima Konate (“Leypsig” / “Liverpul”)
  7. Martin Edegor (“Real” / “Arsenal”)
  8. Amad Diallo (“Atalanta” / “Manchester Yunayted”)
  9. Eduardo Kamavinga (“Renn” / “Real”)
  10. Brayan Hil (“Sevilya” / “Tottenhem”)

FIFAga ko‘ra, ushbu 10 ta kelishuvga sarflangan pullar 2021-yildagi transferlar umumiy narxining 15 foizini tashkil etadi.