Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedovda koronavirus aniqlandi. Bu haqda Asian MMA xabar berdi.
Nurmagomedov Singapurda karantinga olingan. Habib u yerga MMA bo‘yicha One Championship turnirida ishtirok etadigan shogirdi Saygida Izagaxmayevning jangida qatnashish uchun borgan.
Eslatib o‘tamiz, Habib 2020-yilning oktabrida Jastin Getjiga qarshi kechgan jangdagi g‘alabadan keyin faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgandi. UFC 2021-yilning 23-mart sanasida Nurmagomedovning ketganini rasman tasdiqlab, uni reytingdan chiqarib yubordi. Hozirda Habib biznes bilan band va EFC promoushenining xo‘jayini hisoblanadi.
Izoh (0)