Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarori bilan 2022-yil uchun Toshkent shahar mahalliy budjeti tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2022-yil uchun poytaxt va uning tumanlari mahalliy budjetlari jami 6 trillion 44 milliard so‘m, shu jumladan, Toshkent shahar budjeti — 4,4 trillion so‘m, tumanlar budjeti — 1,6 trillion so‘m miqdorida tasdiqlangan.
Toshkent shahrining iqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi quyidagicha belgilangan:
- yalpi hududiy mahsulot (YaHM) — 120 milliard so‘m;
- YaHM o‘sish sur’ati — 7,5 foizi;
- sanoat mahsulotlarining o‘sish sur’ati — 6,3 foizi;
- xizmat ko‘rsatish sohasi o‘sish sur’ati — 30,1 foizi.
- yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq — 728,8 milliard so‘m;
- aylanmadan olinadigan soliq — 586,8 milliard so‘m;
- yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i — 567,7 milliard so‘m;
- davlat boji — 513,9 milliard so‘m;
- benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiyasidan soliq — 374,4 milliard so‘m
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 373,3 milliard so‘m.
Avvalroq senatorlar 2022-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ma’qullagandi. 2022-yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 254,6 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotning 30,3 foizi darajasida prognoz qilinmoqda. Davlat budjeti daromadlari 199,5 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotning 23,8 foizi miqdorida belgilangan.
Izoh (0)