O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab hafta davomida olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Pokistonning Lahor shahrida yomg‘irli kunlarda plastik yopinchiq ostida riksha haydab ketayotgan kishi.

Foto: AFP

Qozog‘istondagi ommaviy norozilik namoyishlari oqibatida mamlakatda qamoqqa olinganlar soni 4,4 ming kishidan oshdi. Respublikaning ayrim shaharlarida talonchilik ishlari olib borildi, radikallar mashinalarni yoqib yubordi.

Foto: Getty Images

Kobulda burqa kiygan ayol qor yog‘ayotgan paytda ko‘chada tilanchilik qilmoqda.

Foto: AFP

Gonkongda Qonunchilik kengashi qarorgohida qasamyod qabul qilish marosimidan so‘ng deputatlar birgalikda suratga tushmoqda.

Foto: Getty Images

Namangan–Andijon avtomobil yo‘lining Oltinko‘l tumanidan o‘tuvchi qismida to‘siqlarni bo‘yoqlayotgan ishchilar.

Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

Shri-Lankaning Kolombo shahridagi ta‘lim muassasasida koronavirusga qarshi Pfizer-BioNTech vaksinasi bilan emlanayotgan talaba.

Foto: AFP

Toshkent metropolitenida o‘z yuklari bilan ketayotgan odamlar.

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Eronning yuqori martabali harbiy qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy AQSh hujumi oqibatida o‘ldirilishining ikki yilligi munosabati bilan o‘tkazayotgan marosimida uni suratini ushlab turgan ayol.

Foto: Reuters

Namangan–Andijon avtomobil yo‘lining Oltinko‘l tumanida haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishini ta’minlash uchun maxsus tayyorlanib joylashtirilgan YPX avtomashinasi.

Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

Qozog‘istondagi tartibsizliklar oqibatida 18 nafar askar va politsiyachi halok bo‘ldi, boshqa tomondan o‘lganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Foto: EPA

Bolgariyaning Kalofer shahridagi muzlagan Tundja daryosida Epifaniya bayramini nishonlayotgan erkaklar.

Foto: AP Photo

Karakasdagi Katiya mahallasida bolalar futbol o‘ynamoqda.

Foto: AP Photo

G‘arbiy sohilda Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirilgan falastinlik Muhammad Hashashning dafn marosimida qatnashgan ayollar.

Foto: Reuters

Irlandiyaning Galvey shahrida kuchli shamol paytida dengizga sakrash uchun tayyorlanib turgan erkak.

Foto: Reuters

Avstriyaning Filzmos shahri yaqinidagi qor bilan qoplangan yerda yurgan chang‘ichilar.

Foto: AP Photo

Ivanovo aeroportida Qozog‘istonga uchayotgan harbiy-transport samolyotiga yuklanishni kuzatayotgan Rossiya harbiy texnikasi.

Foto: AFP

Tinch okeanidagi Galapagos arxipelagidagi Izabella orolida so‘nggi yetti yil ichida ikkinchi marta otilgan vulqon sabab chiqqan yong‘in.

Foto: AFP

Meksikaning Tlahomulko-de-Zuniga shahrida Reyes Magos festivalida qatnashayotgan katoliklar.

Foto: AFP

Kobuldagi qor bilan qoplangan Qarg‘a ko‘li yaqinida otliq “Tolibon” harbiylari.

Foto: AFP

O‘zini Gollivud elchisi deb e‘lon qilgan Gregg Donovan Kaliforniyada marhum amerikalik aktyor Sidni Puatyening Shon-shuhrat xiyobonidagi yulduzi yoniga gul qo‘ydi.

Foto: EPA

Tokiodagi koronavirus pandemiyasi davrida qorli ko‘chada yurgan transportlar.

Foto: Reuters