Daryo

Arabistonda o‘tayotgan Dakar rallisi, asalarichilarning norozilik namoyishi, birinchi ish kunidagi ibodat. 4-yanvar suratlari

O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab 4-yanvar kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz

3 daqiqa o‘qish69 950 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab 4-yanvar kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Farg‘onadagi xonadonlardan birining darvozasi yaqinida dadasining mashinasini yuvayotgan bolakay.Foto: “Daryo” / Xonzodabegim A’zamova
Dakar-2022 rallisi ishtirokchisi musobaqaning birinchi bosqichida kvadrosiklda ketayotgan poygachi. Bu yil mashhur ralli Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tmoqda. Dakar-2022 g‘oliblari 14-yanvar kuni aniqlanadi.Foto: Getty Images
Qorli Qamchiq dovoni.Foto: “Daryo” / Xonzodabegim A’zamova

Mavzuga doir: Video: Qordan tozalanayotgan Qamchiq dovoni yo‘llari

London hayvonot bog‘ida o‘tkazilayotgan yillik inventarizatsiya paytida hovuzda suzib yurgan Gumboldt pingvinlari.Foto: AP Photo
Tokyoda yilning birinchi ish kunida yangi yil ibodatlarini bajarish uchun Kanda Myojin ibodatxonasiga tashrif buyurgan odamlar.Foto: AFP

Mavzuga doir: Qashqadaryoda hokim yordamchilari dam olish kunlari ishga chaqirilgani aytilmoqda

Buenos-Ayres janubidagi Balneario 12 Beach Club’da marhum futbol yulduzi Diego Maradona sharafiga atab hovuz tubiga chizilgan surat.Foto: AFP
Saudiyada o‘tayotgan Dakar-2022 rallisida ishtirok etayotgan RedBull jamoasining poygachi yuk mashinasi.Foto: Getty Images
Chili poytaxti Santiyagoda muxsus kuchlar atrofida uchib yurgan asalarilar. Mamlakat asalarichilari hukumatdan qurg‘oqchilikka qarshi chora ko‘rishni talab qilib prezident saroyi yaqiniga asalari uyalarini olib kelib qo‘yishdi.Foto: Reuters
Angliyadagi Delfi va Nyu-Bedford daryolari o‘zanidan toshishi oqibatida suv toshqini yuzaga keldi. Suratda: Suv bosgan hududdan o‘tgan A-1101 yo‘li bo‘ylab ketayotgan avtomobil.Foto: PA
Val-di-Fiemme shahridagi Tour de Ski musobaqasida ayollar o‘rtasida 10 kilometr masofa bosib marraga yetib kelgan sportchilar.Foto: AP Photo

Mavzuga doir: Ramziy terma jamoaga kiritilmagan “o‘zga sayyoraliklar”, APLga qaytayotgan Koutinyo, “Real” va “Barsa” o‘rtasida talash bo‘layotgan Holand. Eng so‘nggi sport yangiliklari

Xitoyning Siansiao okrugidagi yangi 220 kV yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi va transformatsiya loyihasi qurilishida qatnashayotgan ishchilar.Foto: Getty Images

Mavzuga doir: Buxoroda 270 megavattlik IES ishga tushirildi

Xitoyning Guangdong provinsiyasidagi Rock Square savdo markazidagi yorug‘lik shousiga tashrif buyurgan odamlar.Foto: Getty Images
Kvinslend shtatida odamlar kuchli to‘lqinlar ostida qolib ketgan mashina ag‘darilib ketishining oldini olishga harakat qilmoqda.Foto: Reuters
Dakar rallisining 2-bosqichida harakat qilayotgan “Benzina Orlen” jamoasi a‘zosi Martin Prokop va yordamchi haydovchi Viktor Chitka.Foto: Reuters
Shanxaydagi maydonda taychi bilan shug‘ullanayotgan odamlar.Foto: Getty Images
AQSh poytaxtida kuchli qor yog‘ganidan so‘ng Vashington yodgorligi yonida chang‘ida uchib yurgan erkak.Foto: Reuters
Quyosh botishi vaqtida Rim osmonidagi chug‘urchuqlar galasi.Foto: AFP
Ashdodda COVID-19 tahlili uchun namuna topshirish maqsadida mashinalarida navbatda turgan odamlar.Foto: Reuters
Ahmadobodda Bharat Biotech kompaniyasining vaksinasini olayotgan qiz.Foto: Reuters

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2021-yilda qancha fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlangani ma’lum qilindi

Avstriyaning Insbruk shahrida chang‘idan sakrash bo‘yicha Four Hills turnirining uchinchi bosqichida qatnashayotgan shveysariyalik sportchi Killian Peyer.Foto: AP Photo
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar