Rossiyalik bokschi Arest Saakyan jangda boshidan olgan jarohati tufayli vafot etdi. Sportchining o‘limi haqida uning opasi Instagram’da xabar berdi.

Foto: Instagram

Saakyan 26-dekabr kuni Tolyatti shahrida bo‘lib o‘tgan “Nokautlar qiroli” musobaqasida Igor Semerninga qarshi jangning so‘nggi, 8-raundida boshidan kuchli zarba o‘tkazib yuborgan va hushini yo‘qotgan. Shundan so‘ng u 12 kun davomida komada bo‘lgan va 7-yanvar kuni vafot etgan.

Shifokorlar bokschiga miya shishi va uchinchi darajali koma tashxisini qo‘ygan. Sportchining hayotini saqlab qolish uchun qilingan harakatlar besamar ketgan va u hushiga kelmay vafot etgan.

Ma’lumot uchun, asli kelib chiqishi arman millatiga mansub bo‘lgan Saakiyan professional boksda 9 ta jang o‘tkazib, shularning 6 tasida g‘alaba qozongan. Yana 3 ta bahsda esa mag‘lubiyatga uchragan.