Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Muhtasham yuz yil” serialida sulton Sulaymon va Xurram sultonning qizi Mehrimoh rolini gavdalantirgani bilan tanish bo‘lgan Pelin Karaxan suratga olish ishlari tugaganidan keyin tug‘ruq ta’tiliga ketgan edi.

Foto: CNN Turk

Foto: CNN Turk

Ikki nafar o‘g‘li bo‘lgan aktrisa uzoq davom etgan tanaffusdan keyin 2021-yilda kinoga qaytgan. Shundan keyin ko‘pchilik uning semirib ketganini ta’kidlay boshlagan. Aktrisaning o‘zi vazni uni tashvishga solmayotgani va u kadr uchun ozish tarafdori emasligini ta’kidlaydi.

Foto: CNN Turk

Foto: CNN Turk

Ikki oy avval esa birdaniga ozishni boshlagan Pelin bundan o‘zi ham hayron bo‘lgan. “Men bunchalik ozishni maqsad qilmagandim, lekin shunday bo‘ldimi, demak, natijani mustahkamlashim kerak. Aslida ozish oson. Shunchaki kun davomida ovqatlanishni ikki martaga qisqartirish va tongni sport bilan boshlash kerak”, — degan u. Bundan tashqari, u yana semirsa ham bundan xafa bo‘lmasligini qo‘shimcha qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?