Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Ruxshona tog‘ yon bag‘rida hordiq chiqarmoqda.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva muxlislarining savollariga javob berar ekan, yuzini hech qanday plastik operatsiya qildirmaganini hamda labidagi gelni oldirgani uchun otasi unga 100 ming dollar berishini ma’lum qildi.

Durdona Qurbonova ism-familiyasining bosh harflari tushirilgan kiyimda ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Durdona, shuningdek, folloverlariga iPhone 13 Pro Max’ini tushirib yuborib, sindirib qo‘yganini ham bildirdi.

“Bu qiyin hayotda senga bo‘lgan sof sevgim meni qutqaradi”, demoqda Yulduz Rajabova Emre Kiviljimga qarata.

Foto: Instagram

Hijobga kirib, san’atni tark etganini bildirgan Feruza Karimova 2-yanvar kuni poytaxtdagi restoranlardan birida tug‘ilgan kunini nishonladi. Tug‘ilgan kunga o‘zbek shou-biznesining ko‘plab taniqli vakillari, aktyor, aktrisa va xonandalar tashrif buyurdi.

Ra’no Shodiyeva turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Shohjahon Jo‘rayev otasini Yangi yil bilan tabriklayotgani aks etgan qisqa videoni sahifasiga joyladi.

Zarina Nizomiddinova folloverlarining Yangi yilni qanday kutib olgani bilan qiziqdi.

Foto: Instagram

Nilufar Usmonova onasiga tegishli Mymedclinic klinikasida tekshiruvdan o‘tdi.

Reper Shahriyor kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Instagram’da 298 ming nafar kuzatuvchiga ega bloger Erali oylik daromadi 10 ming dollarni tashkil etishi haqida so‘zlab berdi.

Mavluda va Guli Asalxo‘jayevalar Dubayda hordiq chiqarmoqda.