• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Qizil olma”, “Esingdami seni?”, “Ishonma” va o‘zbek estradasidagi 20-30 yildan buyon “yashayotgan” boshqa qo‘shiqlar (video)

    Odatda xonandalar yangi qo‘shiq ijro etgach, eskisiga bo‘lgan e’tibor sustlashadi. Zamonaviy qo‘shiqlar 3-4 yil o‘tib, unutilayotgani ham sir emas. Ammo shunday qo‘shiqlar borki, ular yillar o‘tsa-da, hamon sevimli. Quyida ana shunday qo‘shiqlar haqida so‘z yuritiladi.

    Tohir Sodiqov, “Esingdami seni”

    Foto: Instagram / tokhir_sodikov_official

    Foto: Instagram / tokhir_sodikov_official

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov ba’zi xonandalar singari ko‘p qo‘shiq va kliplar yaratmaydi. Ishonasizmi, 32 yildan buyon ijod qilayotgan Tohir Sodiqovning kliplari soni hozirgi xonandalarning kliplar sonidan kam.Xonandaning “Esingdami seni” deb nomlangan qo‘shig‘i “Bolalar” guruhining 1990-yil yanvar oyida chiqarilgan ilk albomidan o‘rin olgandi. Oradan shuncha yil o‘tgan bo‘lsa-da, qo‘shiq yangidan yangi tinglovchilarini topmoqda.

    Dildora Niyozova, “Ishonma”

    Foto: Instagram / @niyozova_dildorahon

    Foto: Instagram / @niyozova_dildorahon

    2000-yilda ijodini boshlagan Dildora Niyozova ko‘p o‘tmay kutilmagan mashhurlikka erishgan. Xonandaning “Ishonma” nomli hazil qo‘shig‘i xalq orasida tanilishiga yaxshigina xizmat qilgan. Qo‘shiqni undan avval xorazmlik erkak xonanda ijro etgan, ammo u Dildora Niyozovaga omad keltirgan.— Qo‘shiqni ijro etganimga 18 yil bo‘ldi. Ammo haligacha navbatchi to‘ylarda kamida 5-6-marta ijro etishimni so‘rashadi. Rekord natija vodiydagi to‘ylarning birida bo‘lgan. Bitta qo‘shiqni ketma-ket 15 marta ijro etganman, — deydi xonanda Dildora Niyozova.

    Zulayho Boyxonova, “Hay-hay”

    Foto: Instagram / @zulayhoboyxonova

    Foto: Instagram / @zulayhoboyxonova

    O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonovaning ijod olamiga kirib kelganiga 35 yil bo‘ldi. U 1986-yil institutni tamomlab, Muqimiy nomidagi musiqali komediya teatriga ishga qabul qilingan. Ammo ijodkor qo‘shiqchi sifatida ancha kech tanildi. Ustozi Abduhoshim Ismoilov bilan hamkorlikda yaratgan “Hay-hay” qo‘shig‘i uni xalqqa yaqinlashtirdi.— Qo‘shiq 2008-yil yaratilgan, ammo hamon o‘z tinglovchisini yo‘qotmaganidan xursandman. Yangi qo‘shiqlar ko‘pligi uchun uni bir nechta marta to‘y xizmatlari repertuaridan chiqarib tashlagandik. Ammo haligacha xalq xizmatiga borsak, shu qo‘shiqni ijro etishimni so‘rashadi. Uni men bilan birgalikda ijro etadigan muxlislar ham talaygina, — deydi Zulayho Boyxonova.

    Abduvali Rajabov, “Yomg‘irlar”

    Foto: Instagram /@abduvaliradjabov

    Foto: Instagram /@abduvaliradjabov

    Xonanda Abduvali Rajabovning eng xit qo‘shig‘i — “Yomg‘irlar” bo‘lgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qo‘shiq 2004-yilda Ibrohim Jiyanov so‘zi, Sarvar Rahmatxo‘jayev musiqasi bilan yaratilgan.— Qo‘shiq haligacha radioto‘lqinlarning oltin o‘ntaligida turadi. Har kuni bir necha bor muxlislar talabiga binoan yangrashi meni hamisha quvontiradi.  Uch yil avval Yangiyo‘lda qiziq voqea bo‘lgan. “Birrov”dan chiqib ketayotganimizda to‘y egalaridan biri oldimizga kelib: “Nega “Yomg‘irlar”ni aytmadingiz?” dedi. Ma’murim kelishuvga ko‘ra xizmat qilingani va endi biz boshqa to‘ylarga borishimiz kerakligini aytdi. Shunda o‘sha inson yana pul berib, “Yomg‘irlar” qo‘shig‘ini aytib berishimni so‘radi. Xullas, shu qo‘shiq sabab bitta to‘yda ikki marta xizmatda bo‘lganmiz, — deydi Abduvali Rajabov.

    Umida Mirhamidova, “Oq atirgullar”

    Foto: Instagram / @umidamirhamidova_official

    Foto: Instagram / @umidamirhamidova_official

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Umida Mirhamidovaning “Oq atirgullar” qo‘shig‘i hamon o‘z muxlislariga ega, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qo‘shiq premyerasi 2000-yilda o‘tkazilgan. Oradan shuncha yil o‘tgan bo‘lishiga qaramay, qo‘shiq hamon muxlislar e’tiborida.— Bu qo‘shiqni ijro etishni istamaganman, hatto g‘oyasi ikki yilgacha shkafdagi keraksiz qog‘ozlar saqlanadigan qutichada yotgan. O‘zim xushlamay ijro etgan qo‘shiq kutilmaganda muvaffatga erishdi. Rosti, uni to‘ylarda ijro etishga xijolat bo‘laman. Visol oqshomida ayriliq haqida kuylash biroz noqulay. Ammo xalqimizga bu qo‘shiq yoqadi va uni bir necha bor qayta-qayta tinglashdan ham bosh tortishmaydi, — deydi xonanda Umida Mirhamidova.

    Nilufar Saidova, “Haylalo”

    Foto: Nilufar Saidova arxividan

    Foto: Nilufar Saidova arxividan

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nilufar Saidova “Turnalar” (1998) va “Haylalo” (1999) qo‘shiqlari bilan o‘z nomini topdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qo‘shiq o‘z davrining xit qo‘shig‘i bo‘lgan.— “Turnalar”, “Haylalo” va “Qarashlar” qo‘shiqlarim yaratilganiga 20 yildan ziyod vaqt bo‘ldi. Hali hamon to‘y-hashamlarga borsam, shu qo‘shiqlarni ijro etishimni so‘rashadi. Shu bois qo‘shiqlarni zamonaviy talqinda ham ijro etganman.

    Samandar Hamroqulov, “Sevgi fazosi”

    Foto: Instagram / @samandar_xamraqulov_

    Foto: Instagram / @samandar_xamraqulov_

    Samandar Hamroqulov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini bitirish arafasida “Sevgi fazosi” qo‘shig‘ini ijro etgan. Mazkur qo‘shiq xonandaning ilk ijod na’munasi hisoblanadi. Qo‘shiq 21 yillik tarixga ega, ammo hamon muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.— Bu qo‘shiq bilan bog‘liq qiziqarli voqealar juda ko‘p bo‘lgan. Hatto mana shu qo‘shig‘imni jonli ijroda eshitish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi to‘ylarga ham taklif etishgan. To‘ylarga borsam, albatta, “Sevgi fazosi”dan bo‘lsin, deyishadi, — deydi Samandar Hamroqulov.

    Ilhom Farmonov, “Onajoning rozi qil”

    Foto: Instagram / @ilhomjonfarmonov_official

    Foto: Instagram / @ilhomjonfarmonov_official

    Ilhom Farmonov 1993-yilda “Onajoning rozi qil” qo‘shig‘i bilan xalq mehrini qozongan. “Sinchalak” va “Gulim” qo‘shiqlari ham xonanda ijodining eng gullagan davrlarida ijro etilgan.— Bu qo‘shiqlarning barini to‘ylarda ijro etaman. Yaqinda bir qiziq voqea bo‘ldi. Ancha yil avval bir bolakayning sunnat to‘yida ishtirok etgan ekanman, shu bola yaqinda ota bo‘lib, o‘g‘lining beshik to‘yiga taklif etdi, — deydi xonanda Ilhom Farmonov.

    Gulsanam Mamazoitova, “Ajab-ajab”

    Foto: Instagram / @g.m.official

    Foto: Instagram / @g.m.official

    O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova ilk marta “Ajab-ajab” qo‘shig‘i bilan davlat tadbirida ishtirok etgan. Qo‘shiq salkam 20 yillik tarixga ega.— “Ajab-ajab”ni to‘ylarda ko‘p so‘rashadi. Ammo yangicha sayqal berilgan variantda ijro etishni istamayman. Muxlislarga eski variantdagi qo‘shiq yoqadi, demak, unga yangicha sayqal berishim shart emas, — deydi Gulsanam Mamazoitova.

    Abdulhay Karimov, “To‘y bola”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Bu yil 65 yoshni qarshilagan ijodkor Abdulhay Karimov hamon xalq xizmatida. U xalqimizning quvonchli kunlarida “To‘y bola”, “O‘g‘il bola”, “Volidangni rozi qil” va “Farg‘onada bittagina” qo‘shiqlari bilan ishtirok etmoqda.— “To‘y bola” qo‘shig‘ini 1990-yil ijro etganman. Klipini 1992-yilda suratga olganmiz. Qo‘shiq o‘n minglab bolalarning sunnat va beshik to‘ylarida yangragan va hamon xalq e’tiboridan tushayotgani yo‘q. Ilhom Farmonov aytgan “Onajoning rozi qil” qo‘shig‘ini ham 1990-yil men aytganman, — deydi Abdulhay Karimov.

    Yulduz Usmonova, “Qizil olma”

    Foto: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova

    Foto: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova

    O‘zbek primadonnasi Yulduz Usmonovaning xalq tiliga tushmagan qo‘shig‘ini topish amrimahol. Chunki u ijro etgan qo‘shiqlarning bari muxlislar qalbidan joy olgan. “Qizil olma” qo‘shig‘i 1990-yilda yaratilgan va televediniyeda klip olinib, xalqqa taqdim etilgan. Qo‘shiq yaratilganiga 31 yil bo‘lgan bo‘lsa-da, hamon to‘y xizmatlarida aktualligini yo‘qotgani yo‘q. Qo‘shiq nafaqat Yulduz Usmonova, balki boshqa xonandalar ijrosida ham yangraydi.

    Dilfuza Ismoilova, “Toshkentning sho‘x qizi”

    Foto: Instagram / @dilfuza_ismailova

    Foto: Instagram / @dilfuza_ismailova

    Mazkur qo‘shiq 2000-yilda Dilfuza Ismoilova g‘oyasi, Tohir Muhammad so‘zi asosida yaratilgan. Mazkur qo‘shiqdan so‘ng xonandaga omad kulib, to‘ylarining keti uzilmay qoldi.— Yigirma yildan buyon “Toshkentning sho‘x qizi” qo‘shig‘ini kuniga kamida 10-15 marotaba ijro etaman. Kuniga 4-5 ta “birrov”im bo‘lsa, har bir to‘yda kamida ikki-uch marta ijro etishimni so‘rashadi. Eng quvonarlisi, qo‘shiqni avval yoshlar so‘rardi, hozir 80 yoshli onaxonlar ham shu qo‘shiqqa raqsga tushishyapti, — deydi Dilfuza Ismoilova.

    03.01.2022, 18:58   Izoh (0)   113402
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Makoley Kalkin va Barbara Brilska: Yangi yilda hamma sevib tomosha qiladigan filmlar qahramonlari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    03.01.2022, 16:42

    Turkiyada 2021-yilning eng go‘zal juftliklari nomi ma’lum qilindi (foto)

    03.01.2022, 13:38

    “Kakku uyasi uzra parvoz” filmi yulduzi Jek Nikolson davosiz kasallikdan aziyat chekmoqda

    03.01.2022, 10:55

    Gollivud yulduzi Arnold Shvarsenegger 10 yil davom etgan sud jarayonidan so‘ng rafiqasi Mariya Shrayver bilan ajrashdi

    02.01.2022, 18:51

    Malibu oynasini sindirgan Durdona Qurbonova, Shohjahon Jo‘rayevdan ranjigan Dilfuza Ismoilova, Halima Ibragimovani “tepgan” Ahad Qayum. 2021-yilda internetda “shov...

    02.01.2022, 13:10

    2021-yilda o‘g‘il uylantirib, qiz uzatgan mashhurlar (foto)

    01.01.2022, 20:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.