• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Makoley Kalkin va Barbara Brilska: Yangi yilda hamma sevib tomosha qiladigan filmlar qahramonlari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    Yangi yil filmlari bayram oldidan shovqin-suronda yetishmayotgan o‘sha sehrli kayfiyatni yaratadi. Har yili sevib tomosha qilinadigan kartinalardan ba’zilari 18 yoshdan oshgan. Bolaligida suratga tushgan aktyorlar ulg‘aygan, kattalar esa tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan yoki kasbini o‘zgartirgan. Yangi yil filmlarining yulduzlari qanday ko‘rinishda va ular hozir nima bilan shug‘ullanayotgani haqida quyidagi maqolada tanishib chiqing.

    Makoley Kalkin

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Albatta, hamma Makoley Kalkinni “Uyda yolg‘iz” filmi qahramoni sifatida eslaydi. Ushbu kartina 1990-yilda suratga olingan va hanuzgacha har yili qishki ta’til paytida namoyish etiladigan klassik film hisoblanadi.

    Komediya Kalkinning hayotini butunlay o‘zgartirdi: u chinakamiga mashhurlikka erishdi, istiqbolli yosh aktyor sifatida nufuzli kinomukofotlarga sazovor bo‘ldi va “Eng yaxshi bosh rol” nominatsiyasida “Oltin globus” mukofotiga nomzodligi qo‘yildi. O‘sib-ulg‘aygach, Makoley suratga tushishni xohlamasligini tushundi. U The Pizza Underground kaver-guruhiga asos soldi, uch yildan so‘ng guruh tarqalib ketdi va shundan so‘ng dijeylik faoliyatini boshladi. Aytgancha, Makoley Kalkinning giyohvandlikka moyilligi haqida ham mish-mishlar tarqaldi, ammo u bu muammoni yengishga muvaffaq bo‘ldi.

    Jo Peshi

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Kalkinning “Uyda yolg‘iz” filmida salbiy qahramonlardan birini o‘ynagan Jo Peshini tanimaydigan odamni topish qiyin. Ilgari Peshi jangovar filmlar va dramalarda o‘ynagan, shuning uchun “Uyda yolg‘iz” oilaviy komediyasi uning uchun yangi tajriba bo‘ldi. Aytishlaricha, bu rol aktyor uchun oson bo‘lmagan: u doimo kichkina Makoleyni tuta olmaganda haqoratli so‘zlarni aytib yuborgan. Shundan so‘ng film rejissori Kris Kolumb Peshidan tiliga ehtiyot bo‘lishini maslahat bergan.

    76 yoshga kirgan Jo Peshi filmlarda rol o‘ynashda davom etmoqda, ammo u loyihalarni sinchkovlik bilan tanlab oladi. Aktyor suratga tushgan so‘nggi film “Irlandiyalik” bo‘lib, unda Robert De Niro va Al Pachino bilan birgalikda rol ijro etgan.

    Elison Porter

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Elison Porter 10 yoshida jingalak soch Syu rolini o‘ynadi. Film shu qadar mashhur bo‘ldiki, jingalak sochli barcha chaqaloqlar Syu deb atala boshlandi. Biroq suratga olish ishlari tugagandan so‘ng yosh aktrisa o‘z karyerasida tanaffus qildi, chunki u ta’lim olishi kerak edi.

    Maktabni bitirganidan so‘ng Elison kino emas, balki sahna uchun yaratilganligini tushundi. Keyinchalik u spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolarga duch keldi, ammo Porter ular bilan muvaffaqiyatli kurashdi va 2016-yilda u Amerikaning “Golos” shousida ishtirok etdi. Kristina Agileraning jamoasiga qo‘shilganidan va shouning o‘ninchi mavsumida g‘alaba qozonganidan so‘ng, Amerikadagi eng mashhur vokalchilardan biriga aylandi. Elison hozir 37 yoshda, oila qurib, ikki farzandini tarbiyalab kelmoqda.

    Natalya Sedix

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Rejissor Aleksandr Rou tomonidan suratga olingan “Ayozbobo” ertak-filmi Sovet Ittifoqi yosh tomoshabinlari va ularning ota-onalari uchun eng sevimli Yangi yil filmlaridan biridir. Ushbu loyihada ishtirok etgandan so‘ng Natalya Sedix boshqa filmlarda rol o‘ynash uchun ko‘plab takliflarni oldi, ammo ularni rad etdi, chunki o‘qishi uning uchun birinchi o‘rinda edi.

    Boshni aylantiradigan darajadagi muvaffaqiyatga qaramay, aktrisa mashhurlik haqida o‘ylamadi. Uning xayoli faqat balet bilan band edi, o‘sha paytda u teatrda ishlar edi. Keyinchalik qiz kinodagi karyerasini yakunlashga qaror qildi va aktyorlar bazasidan olib tashlanishini so‘radi. Oradan biroz vaqt o‘tib, aktrisa epizod rollarni ijro etdi. 2007-yilda rejissor Svetlana Proskurina “Yilning eng yaxshi vaqti” dramasiga teatr sahnasini allaqachon tark etgan Sedixni bosh rolga taklif qildi. Sevgi uchburchagi haqidagi mazkur film Andrey Tarkovskiy nomidagi “Ko‘zgu” kinofestivalining tanlov dasturida ishtirok etdi. Endilikda Natalya filmlarda rol o‘ynamadi, ijtimoiy tadbirlarda ham ko‘rinmadi.

    Xyu Grant

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Yangi yil melodramasi sanalgan “Haqiqiy muhabbat” 2003-yilda chiqarilgan. Xyu Grant filmda o‘z kotibiga oshiq bo‘lgan bosh vazir rolini o‘ynadi. Shundan so‘ng uning faoliyatida tanaffus bo‘ldi. Uning ishtirokidagi o‘sha davr loyihalari orasida muvaffaqiyatli bo‘lmagan “Brijit Jonsning kundaligi” va “Musiqa va so‘z” (Music and Lyrics) romantik komediyasida Dryu Berrimor bilan birga rol ijro etdi.

    Hozir aktyor 59 yoshda, u teleko‘rsatuv va filmlarda 174 ga yaqin rol o‘ynagan. Uning so‘nggi ishi “Paddingtonning sarguzashtlari 2” filmidagi ishtiroki bo‘ldi. Endilikda Grant ko‘p vaqtini oilasiga bag‘ishlaydi.

    Barbara Brilska

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Barbara Brilska 1976-yilda “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” deb nomlangan komediya orqali tanildi. Andrey Myagkov va Yuriy Yakovlev bilan birgalikda aktrisa ajoyib uchlikni tashkil etdi. Hozir ham oradan 40 yil o‘tib, film bayramona kayfiyat bag‘ishlamoqda. 78 yoshli Barbara Brilska nabiralari Shimon va Yakub bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radi va vaqti-vaqti bilan ekranlarda ko‘rinish beradi.

    Tim Allen

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    1994-yilda Tim Allen “Santa Klaus” filmida Skott Kelvin rolini o‘ynadi. Aktyor 2002- va 2006-yillarda ushbu oilaviy komediya dramasining davomida ham ishtirok etgan. So‘nggi yillarda Allen filmlarda kamroq ko‘rinish bermoqda. Besh yil oldin u “O‘yinchoqlar tarixi” filmining dublyaj jarayonida ishtirok etgan. 2016-yilda u yana “So‘nggi haqiqiy odam” teleserialidagi Mayk Bakster qahramoni rolini ijro etdi. Aktyor oilaviy hayotida baxtli: uning ikki nafar – Ketrin va Elizabet ismli farzandi bor.

    Mavzuga doir:

    • Sovet davri filmlarida tomoshabinlar e’tiborini bosh qahramonlardan ham ko‘proq tortgan aktyor va aktrisalar (foto)
    • “Qor malikasi” 55 yoshda: Filmdagi Gerda, Kay va qaroqchi qizning taqdiri qanday kechdi?
    • So‘nggi dubl: Sovet Ittifoqi va Gollivuddagi jajji aktyor va aktrisalarning karyerasi qanday yakunlandi? (foto)
    • “I operatsiyasi”da Shurik ko‘tarib yurgan qizchaning taqdiri qanday kechdi?

    03.01.2022, 16:42   Izoh (0)   30862
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyada 2021-yilning eng go‘zal juftliklari nomi ma’lum qilindi (foto)

    03.01.2022, 13:38

    “Kakku uyasi uzra parvoz” filmi yulduzi Jek Nikolson davosiz kasallikdan aziyat chekmoqda

    03.01.2022, 10:55

    Gollivud yulduzi Arnold Shvarsenegger 10 yil davom etgan sud jarayonidan so‘ng rafiqasi Mariya Shrayver bilan ajrashdi

    02.01.2022, 18:51

    Malibu oynasini sindirgan Durdona Qurbonova, Shohjahon Jo‘rayevdan ranjigan Dilfuza Ismoilova, Halima Ibragimovani “tepgan” Ahad Qayum. 2021-yilda internetda “shov...

    02.01.2022, 13:10

    2021-yilda o‘g‘il uylantirib, qiz uzatgan mashhurlar (foto)

    01.01.2022, 20:51

    2021-yilda ajrashishga qaror qilgan yulduzli juftliklar (foto)

    01.01.2022, 19:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.