O‘zbekistonda 2022-yilda ayrim toifadagi o‘qituvchi va shifokorlarning oylik ish haqlari oshiriladi. Bu haqda O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida ma’lumot berilgan.
Ma’lum qilinishicha, iqtidorli o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqlari malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha oshiriladi:
- oliy toifali o‘qituvchilar uchun — kamida 15 foizga;
- birinchi toifali o‘qituvchilar hamda oliy va birinchi toifadagi shifokorlar uchun — kamida 10 foizga;
- ikkinchi toifali o‘qituvchi va shifokorlar uchun — kamida 5 foizga.