Daryo

O‘zbekiston aholi daromadlari o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga chiqadi

Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, soliq yukini kamaytirish, hammaga teng bo‘lgan biznes muhitini va zarur infratuzilma yaratish bo‘yicha boshlagan islohotlar qat’iy davom ettirilishi ta’kidlandi

1 daqiqa o‘qish44 952 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimida davlat iqtisodi haqida ham gapirib o‘tdi. Prezident mamlakatdagi mavjud resurs va imkoniyatlarni safarbar etgan holda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmini yanada oshirish maqsad qilinganini qayd etdi.

Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

“Nasib etsa, 2030-yilga borib, O‘zbekiston jon boshiga hisoblaganda, aholi daromadlari o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin egallaydi. Bunga, avvalo, xususiy sektorni rag‘batlantirish va uning ulushini oshirish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobidan erishish ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan, ‘xomashyodan – tayyor mahsulotgacha’ degan tamoyil asosida drayver sohalarda klaster tizimini rivojlantiramiz. Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’atlariga erishish uchun, avvalo, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlab, inflyatsiya darajasini belgilangan 5 foizgacha pasaytirish choralari amalga oshiriladi.

Shuningdek, budjet va tashqi qarz barqarorligini ta’minlash, mahalliy budjetlarning imkoniyatlarini kengaytirishga birinchi darajali e’tibor qaratiladi”, – deydi Prezident.

Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, soliq yukini kamaytirish, hammaga teng bo‘lgan biznes muhitini va zarur infratuzilma yaratish bo‘yicha boshlagan islohotlar qat’iy davom ettirilishi ta’kidlandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar