Yulduzli juftliklar har doim ko‘pchilikning e’tiborini tortadi: paparatssilar ularning munosabatini diqqat bilan kuzatib boradi va yangiliklarni intiqlik bilan kutadi. Biroq bu yil ham aksariyat juftliklarning muhabbat ertaklari baxtli yakun topmadi. Mashhurlardan aynan kimlar 2021-yilda ajrashishga qaror qilganini e’tiboringizga havola etamiz.
Kanye Uest va Kim Kardashyan
2021-yil Kanye Uest va Kim Kardashyanning yetti yillik nikohdan keyingi ajrimi chinakam shov-shuv bo‘ldi. Ularning ajralishi ko‘p millionli kuzatuvchilarni hayratda qoldirdi. Ular to‘rt nafar farzandni tarbiyalasa-da, oradagi munosabat ko‘pchilik o‘ylagandek emasdi. Kardashyan intervyularning birida Kanyening bipolyar buzilishidan aziyat chekayotganini aytib o‘tgan, mish-mishlarga ko‘ra, ajrimning sababi ham shu bo‘lgan.
Biroq oradan bir necha oy o‘tib, ajrashishdan keyin tezda o‘ziga kelgan 41 yoshli Kim 28 yoshli komik aktyor Pit Devidson bilan uchrashishni boshladi. Ammo Kanye hali ham Kimni qo‘yib yuborishni xohlamaydi va uning qaytishiga umid qilmoqda.
Aleks Rodriges va Jennifer Lopes
Ayriliqdan 17 yil o‘tib yana birlashgan Ben Afflek va Jennifer Lopes o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishini muxlislar qiziqish bilan kuzatmoqda. Rostini aytganda, Jey Loning anchadan beri bunchalik xursand bo‘lganini ko‘rishmagandi. Ammo yil boshi uning uchun oson kechmadi: 2021-yil bahorda Jennifer beysbol yulduzi Aleks Rodriges bilan unashtirish arafasida ajrashdi. Juftlikning munosabatlari taxminan to‘rt yil davom etdi. Ajrimning sababi, mish-mishlarga ko‘ra, beysbolchining xiyonati edi. Biroq nima bo‘lmasin, muxlislar qayta topishgan juftlikka baxt tilaydi.Zeyn Malik va Jiji Hadid
2021-yil yana bir juftlik – Zeyn Malik va Jiji Hadidni ajratdi. Juftlikning ajralishi haqidagi xabar modelning onasi Iolanda Hadid xonandani oiladagi zo‘ravonlikda ayblaganidan bir necha soat o‘tib paydo bo‘ldi. Biroq Jiji Zeyn bilan munosabatlarni butunlay to‘xtatmoqchi emas: model bir yoshli qizi Xay uchun mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishlari kerakligiga amin.
Jeykob Elordi va Kayya Gerber
2021-yil “Eyforiya” yulduzi Jeykob Elordi va Kayya Gerber ham munosabatlarini saqlab qola olmadi. Aktyor va model 2021-yilning fevral oyida tanishgan, ular sakkiz oy ichida “Gollivudning eng chiroyli juftligi” maqomiga erishdi. Biroq noyabr oyining o‘rtalarida Kayya va Jeykob ajralish sababi haqida hech narsani ma’lum qilmagan.
Ilon Mask va Grayms
Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask va qo‘shiqchi Grayms 2021-sentabr oyida ajrashganini e’lon qildi. Muxlislar uchun bu yangilik haqiqiy shov-shuv bo‘ldi, chunki juftlik mashhurlar orasida eng kuchlilaridan biri hisoblangan. Ma’lum bo‘lishicha, oxirgi paytlarda sobiq oshiqlar bir-biridan alohida yashashga majbur bo‘lgan: Mask ko‘p vaqtini Tesla va SpaceX zavodlari joylashgan Texasda o‘tkazgan, Grayms esa Los-Anjelesda yashab ishlagan. Bu ajralishga sabab bo‘ldi: er-xotinning munosabatlari masofa sinoviga dosh bermadi. Biroq Ilon va Grayms do‘st bo‘lib qolishga va o‘g‘lini birga tarbiyalashga qaror qildi.
Anvar Hadid va Dua Lipa
Yaqinda ma’lum bo‘ldiki, ikki yillik munosabatlardan so‘ng Dua Lipa va Anvar Hadid ajrashdi. Ularning munosabatlaridagi muammolar haqidagi mish-mishlar bir necha oy davomida tarqaldi, insayderlar juftlik navbatdagi inqirozdan omon qololmasligini va tinch yo‘l bilan ajrashishga qaror qilganini aytishdi. Shuningdek, ajrimning yana bir sababi 26 yoshli qo‘shiqchi va 22 yoshli modelning jadvallaridagi nomuvofiqlikdir. Bundan tashqari, ularning munosabatlari so‘nggi paytlarda uzoqlashgan – Lipa albomni London va Los-Anjelesda yozgan, Anvar esa deyarli doim Nyu-Yorkda bo‘lgan.
Mavzuga doir:
- Baxtli oila qurishga hech qachon kech bo‘lmasligini isbotlagan mashhur ayollar (foto)
- Turmush qurganini ommadan yashirgan yulduzlar (foto)
- Foto: 50 yoshdan keyin turmush qurgan mashhurlar
- Yoshlari orasida juda katta farq bo‘lgan yulduzli juftliklar (foto)
- Ajrashib, so‘ng qayta topishgan mashhur juftliklar (foto)