Daryo

Samarqanddagi oshxonada yuz bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Oshxonada gaz balloni portlashi oqibatida 10 kishi jarohatlangan edi

1 daqiqa o‘qish51 020 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Samarqandda oshxonada gaz balloni portlashi oqibatida 10 kishi jarohatlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: “Daryo”

19-dekabr kuni soat 14:20 da tumanning “Navro‘z” mahallasi Amir Temur ko‘chasida joylashgan “Lazzat” oshxonasida chaqnash sodir bo‘lgan. Voqea joyida 2 ta propan gaz balloni bo‘lgan.

Chaqnash oqibatida oshxonaning taxminan 40 kvadrat metr maydonida shift qismi va jihozlar yongan. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 10 nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga olib borilgan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Qashqadaryodagi korxonalardan birining omborxonasida yong‘in chiqqani, Qarshidagi bank shoxobchasida yong‘in yuz bergani, Denovdagi portlash yuzasidan 3 kishi qamoqqa olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar