Daryo

Toshkent davlat texnika universiteti yonidagi oshxonada yong‘in yuz berdi (video)

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish39 358 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahat FVB matbuot xizmati

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasida joylashgan oshxonada 28-oktabr kuni yong‘in yuz berdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Foto: Videodan kadr

Qayd etilishicha, yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risidagi xabar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 13:44 da kelib tushgan. Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:50 da yetib borib, yong‘in soat 14:03 da qurshab olingan va soat 14:09 da batamom o‘chirilgan.

Foto: Toshkent shahat FVB matbuot xizmati

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida oshxona binosining 120 metr kvadrat maydoni yonib zararlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan videolar ham tarqaldi. Unda yong‘in Toshkent davlat texnika universiteti yonidagi oshxonada yuz berganini ko‘rish mumkin.

FVV matbuot xizmati xabarida aytilishicha, hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar