• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Denovdagi portlash yuzasidan 3 kishi qamoqqa olindi

    Denovda yuz bergan portlash bo‘yicha 3 kishi qamoqqa olindi. Bu haqda “Daryo” so‘roviga asosan Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoning Denov shahri markazidagi Indenim savdo majmuasida kuchli portlash 7-dekabr tongida yuz bergan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 11 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Keyinchalik Denovdagi portlashda 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon devorlari esa yorilib, yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi.

    14-dekabr kuni noxush holat sabablari muhokama qilish uchun viloyat hokimi To‘ra Bobolov, viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, shahar va tuman hokimlarining mas’ul o‘rinbosarlari, masalaga aloqador tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilishda o‘tkazilgandi.

    Yig‘ilishda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali direktori Mirzoqul Mansurov hodisa ro‘y bergan joyga hukumat komissiyasi va uning tarkibida ‘Hududgazta’minot’ AJ rahbariyatining 5 kun davomida tegishli idoralar, tashkilotlar va gaz ta’minoti sohasi mutaxassislari, maxsus texnika va asbob-uskunalarni jalb qilgan holda o‘rganish o‘tkazilganini ma’lum qilgan. Tekshiruvlarda 2013-yilda qurilgan Indenim savdo majmuasi ostidan Denov tumani hokimligi qozonxonasini gaz bilan ta’minlaydigan yerosti o‘rta bosimli gaz quvuri o‘tkazilgani aniqlangan.

    Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatovning aniqlashtirishicha, gaz tarmoqlari xaritasida bino qurilgan vaqtda tuman hokimligi qozonxonasiga tortilgan gaz tarmog‘i binoning ostida qoldirib ketilgani ko‘rsatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra uch yildan keyin qozonxona faoliyati ham to‘xtatilgan. Gaz quvuri aynan qozonxonaga yetgan joyda berkitib tashlangan.

    Yig‘ilishda savdo majmua qurilishi amaldagi qurilish normalari va qoidalari zid tarzda qurilgani ma’lum qilingan.

    “Bino xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash uchun savdo majmuasi o‘rta bosimli gaz quvurining xavfsizlik zonasini hisobga olgan holda qurilishi lozim bo‘lgan. Shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ushbu muhofaza zonasi binoning poydevoridan to‘rt metr masofani tashkil etishi lozim edi. Indenim savdo majmuasi gaz quvurining aynan ustiga qurilgani sababli yer ostidagi kommunikatsiyalar sozligini tekshirish uchun kirish yo‘li bo‘lmagan.

    O‘tkazilgan tekshiruvlarda majmua ostida hosil bo‘lgan daydi toklar metall quvurlarning tashqi korroziyasiga va gaz quvurida nuqsonlar paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu esa o‘z navbatida gaz sizib chiqishiga va gaz-havo aralashmasining chaqnashiga sabab bo‘lgani aytildi”, — degan edi bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan mas’ul.

    14-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari Denovda gaz quvuri portlashi natijasida sodir bo‘lgan hodisaga to‘xtalib, ushbu noxush voqea hammaning ko‘zini ochishi kerakligini aytgandi. “Hammasi gaz rahbarlarining aybi, ushbu voqea nafs balosi sababli sodir bo‘ldi. Odamlar halok bo‘ldi, haliyam Xudo bizni asradi”, – degan edi prezident.

    Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, 15-dekabr kuni Denov shahar gaz bo‘limi boshlig‘iga Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi “a”, “b” bandlari bilan, “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti 2 nafar xodimlariga Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari, 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) 3-qismi “v” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-modda (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 259-moddalari (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir: 

    • Denovdagi portlashda vafot etganlarning yaqinlariga moddiy yordam puli to‘lab berilmoqda — To‘ra Bobolov
    • O‘zbekiston markaziy telekanallaridagi “Axborot”dan boshqa informatsion dasturlar kunning asosiy voqeasi — Denovdagi portlashni qanday yoritdi?

    16.12.2021, 13:58   Izoh (0)   35945
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev va Qosim Jo‘mart-To‘qayevni Qozog‘iston mustaqilligining 30 yilligi bilan tabrikladi

    16.12.2021, 13:10

    Shavkat Mirziyoyev “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

    16.12.2021, 12:59

    Jahongir Ortiqxo‘jayev G‘afur G‘ulom bog‘ini 49 yilga Singapur kompaniyasiga ijaraga berish masalasi qayta ko‘rib chiqilishini aytdi

    16.12.2021, 12:47

    O‘zbekiston Eron orqali dengiz savdo yo‘llarini ochmoqchi

    16.12.2021, 12:08

    Janubiy Koreya fondi O‘zbekistonga sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun 238 mln dollar ajratdi

    16.12.2021, 11:33

    “O‘zgidromet” 17-dekabr uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    16.12.2021, 10:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadrochi olimlarini xavfsiz joyga ko‘chirdi — The Telegraph

    Dunyo | 18 avgust, 00:05

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.