Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 2022-yilgi mavsumi uchun o‘tish o‘yini 2-dekabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: PFL

Foto: PFL

Unda Pro-Ligada 3-o‘rinni olgan “Olimpik” jamoasi Superligada 12-pog‘onani band etgan “Mash’al”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 57-daqiqasida muborakliklar futbolchisi Sirojiddin Qo‘ziyev penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Otabek Jo‘raqo‘ziyev muvozanatni tikladi. 75 va 77-daqiqada Temur Mamasidiqov gol urib, “Olimpik”ning ishonchli g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa Temur Kapadze qo‘l ostidagi “Olimpik” jamoasi 2022-yilgi mavsumni Superligada boshlaydi, “Mash’al” esa kelgusi mavsumni Pro-Ligada o‘tkazadi.

O‘tish o‘yini

2-dekabr, payshanba

“Olimpik” — “Mash’al” 3:1

Gollar: 0:1 – 57 Sirojiddin Qo‘ziyev (penalti), 1:1 – 63 Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 2:1 – 75 Temur Mamasidiqov, 3:1 – 77 Temur Mamasidiqov.

“Olimpik”: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 19. Doston Tursunov, 6. Bekzod Shamsiyev, 9. Temur Mamasidiqov (99. Muhammadali G‘iyosov, 90+3), 44. Shahzod Toirov, 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev (17. Jaloliddin Sodiqov, 83), 77. Davron Anvarov (10. Farrux Muxtorov, 57), 21. Muhammadaziz Ibrohimov (14. Bektemir Abdumannonov, 83), 23. Abdurauf Bo‘riyev, 37. Alisher Odilov (18. Ruslanbek Jiyanov, 57).

“Mashal”: 35. Dostonbek To‘xtaboyev, 7. Ifeani Ifeani (6. Abdumalik Norqobilov, 88), 9. Oybek Nurmatov (20. Xudoyorxon Sagdullayev, 81), 11. Samuel Chigoze, 15. Muhammadali Aliqulov, 17. Jamoliddin Ubaydullayev, 22. Sirojiddin Qo‘ziyev, 23. Samandar Shukurillayev, 27. Muhammad Yo‘ldoshev, 77. Ibrohim No‘monov, 99. Jahongirbek Abdusalomov.

Ogohlantirishlar: Shukurullayev (67), Ifeani (87), Shamsiyev (90), Norqobilov (90+2).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi