Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Surxondaryoning Sariosiyo tumanida kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan shirkat rahbarining kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “I” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari O.A. ko‘p qavatli uy-joylarda joriy ta’mirlash va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan 2,9 millard so‘m kredit mablag‘ining 525,2 million so‘mini shartnomada ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanmasdan, bank filialiga soxta hujjatlarni taqdim etish orqali talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda omonatga qo‘yilgan 566 million so‘mni talon-toroj qilgan sobiq bank xodimiga jinoyat ishi ochilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)