Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Shayxontohur tumani “Sarhumdon” va “Gulobod” mahallalari bo‘ylab yurib, bu yerdagi sharoitlar bilan tanishmoqda. Davlat rahbarining mahallalarni ko‘zdan kechirayotgani tasvirlangan videolarni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov e’lon qildi.
E’lon qilingan kadrlarning birida Shavkat Mirziyoyev ko‘p qavatli turar joy binosining ikkinchi qavatida istiqomat qiluvchi 93 yoshli otaxon bilan suhbatlashib, undan duo olgani tasvirlangan. Shuningdek, otaxon mahallada kichikroq choyxona qurib berishni iltimos qilgan. “Bo‘ldi, sizning shunday aytgan gaplaringiz uchun o‘zim bir chiroyligina choyxona qilib beraman”, — degan davlat rahbari.
Bundan avval Farg‘ona hokimi Prezident bilan ko‘rishgan onaxonning to‘yida mehmon bo‘lgani hamda sog‘liqni saqlash vaziri boshchiligida shifokorlar Prezident topshirig‘i bo‘yicha Chirchiqdagi yigit uyiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)