Hukumat qarori bilan Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.
Ma’lum qilinishicha, odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot bazasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti tomonidan yuritiladi.
Bazaga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
- odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar;
- odam savdosidan jabrlanganlar, jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar – ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratilgan holda, ularga ko‘rsatilgan yordam natijalari;
- jinoyat sodir etish usullari va boshqa axborotlar.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning iyulida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistonda odam savdosi ikki baravardan ziyodga oshganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)