“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
15:41, 26.10.2021 11487

Uzoq vaqt urfda bo‘ladigan yangi trend: qoshlarni sovun yordamida tartibga keltiramiz

Qoshlarni yangi trenddagidek ko‘rinishga keltirish uchun gel, ten yoki bo‘yoqqa hojat yo‘q. Shunchaki sovundan foydalanib, o‘ziga xos natijaga erishish mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Qanday sovunni tanlagan yaxshi?

Shaffof yoki neytral rangdagisini tanlang. Yorqin rang, ayniqsa, och rangli qoshlarda bilinib qolishi mumkin.

Texnika

Qoshlar uchun mo‘ljallangan maxsus yoki tushning yuvilgan cho‘tkasidan foydalaning. Biroz namlangan sovunni cho‘tkaga surting. Qoshlarni xohishga ko‘ra shaklga keltirib, qurishini kuting. Sovun ko‘zga tashlanib turmasligi uchun undan haddan ortiq ravishda foydalanmang.

Foto: Cosmopolitan

Natija

Sovun qosh tolalarini istalgan geldan yaxshiroq mahkamlaydi, va shu bilan birga, yog‘li va yaltiroq ko‘rinib qolmaydi. Bundan tashqari, qoshlar qalin ko‘rina boshlaydi. Qanchalik g‘alati tuyilmasin, bu yilning eng dolzarb trendi hisoblanadi. Gap shundaki, qalin, rangli bo‘yalgan qoshlar allaqachon urfdan qolgan. Tabiiylik esa hech ham eskirmaydi.