Daryo

Toshkentda MAN va Isuzu yo‘lovchi avtobuslari to‘qnashdi

YTH oqibatida jarohat olgan bir nafar yo‘lovchi shifoxonaga yuborilgan

1 daqiqa o‘qish46 874 ko‘rishlar0 izoh0

8-fevral kuni soat 06:50 da Toshkent shahrining Ko‘kcha Darvoza va To‘qimachi ko‘chalari kesishmasida ikkita yo‘lovchi avtobuslari YTH sodir etdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “18 Avtobus saroyi” MChJ tasarrufidagi, 46-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi MAN rusumli avtobus, 134-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi Isuzu rusumli avtobus bilan to‘qnashib ketgan.

YTH oqibatida bir nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan va shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda unga tez  tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

“Mazkur holat yuzasidan ‘Toshshahartransxizmat’ aksiyadorlik jamiyatining Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi tomonidan xizmat surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi boshida Toshkentda 72 va 148-avtobuslari poyga uyushtirganligi sababli to‘qnashgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq haydovchilarning ikkalasi ham ishdan bo‘shatilgani ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: Toshkentda avtobuslar yana poyga uyushtirdi. Haydovchilar jarimaga tortilgan

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar