Daryo

Toshkentda avtobus svetofor va yo‘l yoqasidagi uyga borib urildi

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish54 798 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar Yashnobod tumanida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 8-oktabr kuni soat 07:00 larda Yashnobod tumani Uysozlar 1-tor ko‘chalari kesishgan chorrahada 34 yoshli haydovchi M.Q. boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli davlat raqami 01 155 WBA bo‘lgan yo‘lovchi tashuvchi avtobusda harakat davomida boshqaruvni yo‘qotib, ushbu chorrahadagi svetofor va yo‘l yoqasidagi uyga borib urilib, to‘xtagan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, ushbu avtobusda faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkentda sentabr oyida yo‘lovchilar eng ko‘p foydalangan avtobus yo‘nalishi ma’lum qilingani, Toshkentda harakat vaqtida telefonda gaplashgan avtobus haydovchisi ishdan olingani hamda Toshkentda 5 oyda avtobuslar ishtirokida 35 ta YTH sodir etilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar