O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12-oktabr, seshanba kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi.

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Ammanda bo‘lib o‘tgan uchrashuvning 29-daqiqasida Seif Baha hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Nasib Abdullah iordaniyaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 83-daqiqada esa Hamza Aldaradreh hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa Srechko Katanes shogirdlari Iordaniyadagi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lubiyatga uchradi. 9-oktabrda Malayziyaga qarshi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi 5:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

O‘rtoqlik o‘yini

12-oktabr, seshanba

Iordaniya — O‘zbekiston 3:0

Gollar: 1:0 — 29 Seif Baha, 2:0 — 56 Nasib Abdullah, 3:0 — 83 Hamza Aldaradreh

O‘zbekiston: 1. Eldorbek Suyunov, 3. Hojiakbar Alijonov, 2. Islom Qobilov (18. Abdulla Abdullayev, 46) 5. Doston Tursunov (Husniddin Aliqulov, 60), 19. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ( Farrux Sayfiyev, 60) , 7.Otabek Shukurov, 20. Akmal Mozgovoy, 11. Shahboz Umarov, 17. Dostonbek Hamdamov (9. Azizbek Omonov, 46), 22. Oybek Bozorov (Igor Sergeyev, 60), 14. Eldor Shomurodov.