Hindiston mustaqillikka erishganidan 25 yil o‘tib, mamlakat yoshlarining hafsalasi pir bo‘ldi. Korrupsiya, ishsizlik, og‘ir hayot — bularning barikurashishni talab qilar edi.

Foto: “Yandeks Dzen”

1973-yilda “Zanjir” filmi namoyish etildi, unda qonunni o‘z qo‘liga olgan va yovuzlikka qarshi kurashgan qahramonni odamlar xuddi o‘zlarining qutqaruvchisi sifatida ko‘rdi. Kartinada bosh rol — politsiya xodimi Vijay Xannani o‘ynagan aktyor kelishgan, uzun bo‘yli Amitabh Bachchan edi.

Mashhur hind shoiri Xarivanshraya Bachchanning o‘g‘li Amitabh 1942-yil 11-oktabrda Hindistonning Ollohobod shahrida tug‘ilgan. U dastlabki ta’limni Shervud maktabida oldi, so‘ngra Kalkuttadagi yuk tashish firmasida brokerlik ishini tashlab, 1968-yilda Bombeyga ko‘chib o‘tdi. Bu yerda uni o‘z o‘rnini topish uchun kurash kutib turar edi.

Amitabh Bachchan va Rajesh Xanna.

Foto: “Yandeks Dzen”

Qizig‘i shundaki, u o‘zining ajoyib ovozi bilan Butun Hindiston radiosi tomonidan rad etilgan va hatto birinchi filmlaridan biri “Reshma va Shera”da boshqaning ovozi bilan o‘ynagan. Ko‘plab muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng Amitabh hatto aktyorlik karyerasidan voz kechishni ham o‘ylab ko‘rgan vaqtda uning hayotida “Zanjir” jangari filmi paydo bo‘ldi.

Undan oldin Rishikesh Mukerji rejissorlik qilgan “Ananda” (1970) va “Noshukur” (1973) yoki “Savdogar” (1973) filmlarida ishtirok etdi. Ammo “Zanjir” hamma narsani o‘zgartirib yubordi.

Baland bo‘yli, qotmadan kelgan Amitabh yangi jang qahramonining timsoliga aylandi. Rajesh Xanna va Dharmendra kabi hamkasblari romantik rollarni ijro etgan bo‘lsa, Amitabh hind kinolarining “jiddiy va zabardast yigiti”ga aylandi. Bularning barchasi 1970-yillarning o‘rtalarida, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat beqaror bo‘lgan paytda yuz berdi.

Hozirda Bollivud klassikasi hisoblangan “Devor” (1975) filmida u Shashi Kapur o‘ynagan halol politsiyachidan farqli o‘laroq, mafiya boshlig‘i rolini ijro etdi. Bu jangari filmda odamlarga qonunga bo‘ysunuvchi akasidan ko‘ra ko‘proq hamdard bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan Amitabh navbatdagi ajoyib chiqishini qildi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Filmlardagi Bachchan obrazi ko‘pincha ikki turdagi ayollar bilan hamkorlik qilgan: birinchisi, sodda va an’anaviy ona, ko‘pincha Nirupa Roy o‘ynagan. Ikkinchisi, Ziynat Aman, Parvin Babi yoki Rekha timsolidagi erkinlikni sevuvchi qiz. Amitabh filmografiyasiga Yash Chopra filmlaridan, masalan, “Sevgi — bu  hayot” yoki Manmoxan Desaining “Amar, Akbar, Antoni”, “Tarbiya”, “Taqdir” kabi oddiy komediyalaridagi romantik rollar ham kiritilgan. Va hamma kartinada u o‘z rollarini eng yuqori ampulada o‘ynab kelgan.

1982-yilda Bachchan Manmoxan Desaining “Hammol” filmida suratga tushayotganda hayotiga xavf tug‘diradigan darajada jarohat oldi. Aktyor klinik o‘limdan omon qolgan bo‘lsa-da, oyoqqa turguncha bir qator operatsiyalarni boshidan kechirdi. Butun mamlakat umidsizlikka tushdi, uning hayoti uchun ko‘p duo va ziyoratlar amalga oshirildi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktyorning tirik qolishi uchun 200 dan ortiq donorlar qon topshirdi. Film chiqqach, u jiddiy jarohat olgan sahna bir necha soniya davomida to‘xtatilib, ushbu sahna aktyorning hayotiga xavf tug‘dirgani aytildi. Bundan tashqari, Desai ham asl ssenariy bo‘yicha uni avj nuqtasida o‘ldirmaslikka qaror qilgan edi. Aytish kerakki, kartina kassada katta yutuqqa erishdi.

1984-yilda, karyerasining ayni avjida Amitabh Bachchan siyosatda ham o‘zini sinab ko‘rishga qaror qildi. Indira Gandi, Rojiv Gandi va Neru oilasi a’zolari bilan bo‘lgan yaqin aloqalarini aytmasa ham, mashhurligi tufayli tug‘ilgan shahri — Ollohobod aholisining ko‘pchiligi uni parlamentga sayladi.

Foto: Instagram / @amitabhbachchan

Ammo Bachchanning siyosatga aralashuvi uzoq davom etmadi — u ba’zi janjallarga, jumladan, mamlakatni larzaga solgan Bofors qurollari ishiga aloqador edi.  Natijada, u hech qachon siyosatga aralashmaslikka va’da berib, parlamentdagi kursisidan voz kechdi.

Kino jabhasida u Bollivuddagi ijodini 1980-yillarda davom ettirdi.  Keyin u  “Olovli yo‘l” filmidagi o‘g‘ri roli uchun Milliy mukofot oldi (1990). Biroq 90-yillarning boshlarida “Yaxshi do‘stlar” (1991) va “Xudo guvoh” (1992) filmlari namoyishidan so‘ng tanaffusga chiqdi.  Muvaffaqiyatli tijorat qahramoni sifatida uning karyerasi biroz muddatga to‘xtab qoldi.

Oradan besh yil o‘tgach, Bachchan “O‘lim farishtasi” (1997) bilan yana kinoga qaytishga urindi va u endi filmlarning muvaffaqiyatiga o‘z ta’sirini yo‘qotgandi. Bundan tashqari, uning ABCL kompaniyasi Bangalorda bo‘lib o‘tgan “Dunyo go‘zali” tadbirini noto‘g‘ri boshqarganligi sababli qarzga botib qoldi va Amitabh hisobidan chiqarildi.

Foto: Instagram / @amitabhbachchan

Ammo keyin uning hayotida ajoyib burilish yuz berdi. Ommabop “Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?” tok-shousi boshlovchisi rolini nafaqat qoyilmaqom tarzda ijro etdi, balki yosh avlod bilan ham ishlashni yoqtirib qoldi.

Amitabh Charli Chaplin va Lourens Olivye kabi buyuklar qatorida ming yillik yulduz sifatida tan olingan. Shuningdek, Bachchanning Londondagi Madam Tyusso muzeyida abadiylashtirilgan birinchi mum haykali paydo bo‘ldi. 2001-yil 26-yanvarda hind kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli “Padma Bxushan” mukofoti bilan taqdirlandi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Shundan so‘ng Amitabh hind kinosining eng band aktyorlaridan biriga aylandi, hattoki unga maxsus rollar yozildi. Bollivudda u faqat qahramon-ota rolini o‘ynar va bu uning uchun katta yutuq edi.

Bachchan “Sevgi va xiyonat” (2003), “Burch hammasidan ustun ” (2004), “Murabbiy” (2004), “Banti va Babli” (2005), “Shunchaki sevgiga ishonma” (2007), “Sevgi retsepti: shakarsiz!” va “Bekorchilik qurboni” (2007) kabi har qanday ssenariyni osonlikcha o‘zlashtira olishini va o‘ynagan har bir rolini hayotga tatbiq qilishni ko‘rsatdi.

Foto: Reuters

Bugungi kunda 79 yoshida ham Amitabh Bachchan har doimgidek band, o‘z ishida doimgidek kuch va ishtiyoqni namoyon etadi va o‘zining takrorlanmas rollari bilan hayratda qoldirishda davom etmoqda.

Oilasi

Amitabh Bachchanning katta qizi Shveta o‘zini onasi singari oila va bolalarga bag‘ishladi va kinodagi karyera unga tegishli emasligini anglab yetdi. U mashhur aktyor Raj Kapurning nabirasi Nikxil Nanda bilan turmush qurgan, juftlikning ikki nafar farzandi bor edi. Lekin Shvetaning nikohi uzoq davom etmadi va 2020-yilda ajrashish uchun sudga ariza topshirdi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Shvetaning qizi Navye Naveli juda chiroyli bo‘lgani uchun ham kino olamida ajoyib karyeraga ega bo‘lishi kutilgan edi, lekin qiz AQShda reklama biznesi bilan shug‘ullanadi.

“Men qizimni aktrisa bo‘lishga ko‘ndirdim. Bu borada men unga katta bosim o‘tkazdim va jiddiy yondashdim. Shunchaki, bolaligimdan Bollivud juda ko‘p muammolarga duch keladigan qiyin joy ekanligini bilaman va bu yerda karyerani shakllantirish oson ish emas”, — deydi Shveta Bachchan.

Foto: Getty Images

Shuningdek, Amitabhning nabirasi, ya’ni Shvetaning o‘g‘li Agastya 2019-yilda Buyuk Britaniyada o‘rta maktabni tugatgan va u ham aktyor bo‘lish niyatida.

Amitabh Bachchanning o‘g‘li Abxishek Bachchan — taniqli aktyor, Filmfare’ning “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” mukofotining uch karra g‘olibi. U otasining tashqi ko‘rinishi va iste’dodini meros qilib oldi, ekranda turli rollarda paydo bo‘ldi. Ayniqsa, salbiy odamlarning rollarida ijobiydan ko‘ra yaxshiroq muvaffaqiyat qozondi. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor uzoq vaqt davomida Karishma Kapur bilan yaqin munosabatda bo‘lgan va ular turmush qurishga qaror qilgan. Lekin to‘satdan mashhur aktrisa hamda go‘zallikda boshqa yulduzlardan kam bo‘lmagan Ayshvariya Ray bilan uchrashdi.

“Qachonligini bilmayman, lekin men uni yagona ekanligini anglab yetdim. Ochig‘ini aytganda, u boshqacha edi va men doim unga nisbatan nimanidir his qilardim. Agar unga ham shu savol berilsa, xuddi shunday javob qaytaradi”, — deydi Abxishek.

Foto: “KinoTeka”

Yulduzli juftlik to‘y kunini belgiladi: Lekin orada kelishmovchiliklar paydo bo‘ldi. “Haqiqiy tuyg‘ular” filmining ikkinchi qismini suratga olish paytida Ritik Roshan va Ayshvariya ishtirok etgan sahnalarning biri uchun g‘azablangan hind tomoshabinlari ularni sudga berdi. Ayshvariyaning bo‘lajak qaynonasi ham o‘g‘lidan to‘yni to‘xtatishni talab qiladi. Ammo Abxishek bunga rozi bo‘lmadi va to‘y bo‘lib o‘tdi. Ayshvariya va Abxishekning hozirda qizi bor, uning ismi Aaradya va u xuddi otasining o‘zginasi. Bachchanlar oilasining eng kichigi va suyuklisi.

Foto: Getty Images

Amitabh va uning rafiqasi Jaya qariyb 50 yildan buyon birga yashab kelmoqda.  Ularning katta, do‘stona va baxtli oilasi bor. Bachchanlarning aytishicha, har bir muvaffaqiyatli erkak ortida uni qo‘llab-quvvatlaydigan ayol turadi. Amitabh Bachchanning rafiqasi Jaya Bxaduri turmush o‘rtog‘i va bolalarini baxtli qilish uchun hamma narsani qildi. Bachchanning ijodiy tarjimayi holi deyarli 300 ta filmni tashkil qiladi. Aktyorlarning ko‘pchiligi yillar davomida yoshlikdagi mashhurligini saqlab qolishida rafiqasining xizmati katta, albatta.

Amitabh rafiqasini hurmat qiladi va qadrlaydi − bir marta aktyor komaga tushib qolganida turmush o‘rtog‘i uning oldidan bir qadam ham uzoqqa ketmagan. Amitabh o‘ziga kelgach, yonida Jayani ko‘rib, shunday degan: “Agar men hayotga qayta kelar bo‘lsam, baribir faqat senga uylanardim”.

Jaya va Amitabh ko‘p narsalarni boshdan kechdi, ota-ona, bobo-buvi bo‘ldi va ajoyib oilasini saqlab qoldi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktyor haqida qiziqarli faktlar:

  • Amitabh bir vaqtning o‘zida ikki qo‘li bilan ham yoza oladi.
  • O‘z o‘g‘lining o‘g‘li rolini ijro etgan yagona aktyor.
  • Aktyor soatlar kolleksiyasini yig‘adi.
  • U qachonlardir kuniga 200 dona tamaki chekkan, lekin keyinchalik zararli odatlaridan voz kechgan.
  • Uning Lexus avtomashinasida o‘q o‘tkazmaydigan shisha va radial shinalar bor.
  • Aktyor Abxishek Bachchanning otasi va aktrisa Ayshvariya Ray Bachchanning qaynotasi.
  • U 10 ta filmda ikkitadan rol o‘ynagan.
  • Teri kasalligi — vitiligodan aziyat chekadi.
  • U mum haykali yasalgan birinchi hind aktyori bo‘lgan.
  • Sevimli joylari — London va Shveysariya.
  • Yoshligida yaxshi sportchi bo‘lgan.

Foto: India Today