• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Nyukasl” qudratli xo‘jayinga ega bo‘ldi. Pul borasida “PSJ”ni ham, “Man Siti”ni ham “ko‘mib” yuboradigan loyiha haqida nimalar ma’lum?

    Saudiya Arabistoni hukumati davlat investitsiya fondi (PIF – Public Investment Fund) Angliyaning “Nyukasl Yunayted” klubini sotib oldi. Bu futbolga egalik qiladigan kompaniyalar ichida eng boyi hisoblanib, shaxsan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga aloqador.

    “Nyukasl”ga qanday xo‘jayin kelganini bilish uchun bir faktning o‘zi kifoya: APLning barcha klublari egalarining boyligi PIF qiymatining chorak qismiga to‘g‘ri keladi.

    “Nyukasl” va dunyoning eng boy xo‘jayinga ega klublari

    “Nyukasl” va dunyoning eng boy xo‘jayinga ega klublari
    Foto: “Daryo”

    Klub atrofidagi ayrim asosiy ma’lumotlar:

    • PIF “Nyukasl”ning 80 foiz aksiyasiga egalik qiladi. Katta ehtimol bilan klubni PIF rahbari Yosir ar-Rumayyan boshqaradi. Klubning asl egasi va bu loyiha g‘oyasining muallifi Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salmon bo‘ladi. U mamlakatning eng obro‘li shaxsi va PIF prezidenti hisoblanadi. Vositachi Amanda Steyvliga klubning 10% aksiyasi beriladi. Yana o‘n foizga britaniyalik millionerlar David va Saymon Rubenlar egalik qiladi.
    • Klubning endilikdagi sobiq xo‘jayini Mayk Eshli “Nyukasl”ning sotuvidan 300 million funt ishlab oladi. U klubni 14 yil davomida xuddi shu miqdordagi pulga sotmoqchi bo‘ldi, biroq maqsadiga endi yetdi.
    • Arablar klubga yanvar oyidagi katta investitsiya kiritishni boshlamoqchi. Biroq ular Angliya va UEFAning moliyaviy qoidalarini buzmaslik uchun ehtiyotkor bo‘lishni maqsad qilgan.
    • Bu uzoq yillik loyiha bo‘ladi — bu mavsum APLda jon saqlab qolish zarur. Katta ehtimol bilan jamoa bosh murabbiyi Stiv Bryus o‘z o‘rinini mashhurroq mutaxassisga bo‘shatib beradi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, Antonio Konte “Nyukasl” bosh murabbiyligiga asosiy nomzod.
    • Yangi xo‘jayinlar klub infrastrukturasiga jiddiy e’tibor qaratishi kerak. Eshli 14 yil davomida bunga deyarli e’tibor qaratmagan.

    Loyiha “bosh qahramonlari” haqida

    Muhammad bin Salmon — Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi. Ar-Riyod gubernatori bo‘lgan Muhammad 2009-yilda otasi Salmonning maslahatchisiga aylanadi. U keyingi 8 yil ichida valiahd shahzoda maqomi va mamlakatdagi bosh shaxsga aylanadi. Qirol hozirda 84 yoshda.

    Foto: Getty Images

    Muhammad 2017-yilda mamlakat antikorrupsiya qo‘mitasiga rahbar etib tayinlangach, o‘z mavqeyini ancha mustahkamlab oladi. U rahbarlikka kelganidan so‘ng mamlakatning 11 shahzodasi korrupsiyada ayblanib hibsga olinadi, ayrimlari hatto o‘limga hukm qilinadi. Umumiy hisobda 500 dan ortiq shaxs hibsga olinadi. Buning evaziga shahzoda taxtga daxldor uchta sulolani o‘z nazoratiga oladi — sobiq qirol Abdulla ibn Abdulaziz as-Saudning avlodlari o‘z mavqeyini yo‘qotadi.

    2018-yilda bin Salmonni tanqid ostiga olgan jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldiriladi (bu haqida quyida batafsil to‘xtalib o‘tamiz) va bu shahzodaning xalqaro maydondagi obro‘yiga katta putur yetkazadi.

    Yosir ar-Rumayyan

    Yosir ar-Rumayyan
    Foto: Getty Images

    Yosir ar-Rumayyan — “Nyukasl”ning direktorlar kengashi raisi. Yosir Saudiya Arabistoni uchun muhim bo‘lgan biznesmen hisoblanadi: u Apple va Google’dan qimmat turadigan dunyoning eng yirik neft kompaniyasi Saudi Aramco (aylanmasi 1,44 trillion dollarga teng) direktorlar kengashi raisi, shuningdek, Uber va SoftBank Group kompaniyalari rahbarlaridan biri hisoblanadi.

    Amanda Steyvli

    Amanda Steyvli
    Foto: Twitter

    Amanda Steyvli — loyihaning amalga oshishida asosiy vazifani bajargan vositachi. PCP Capital Partners kompaniyasi asoschisi Angliyaning mashhur tadbirkori hisoblanadi. U bir necha yildan beri “Nyukasl”ni arablarga sotishga urinib kelardi. Avvaliga “Manchester Siti” xo‘jayini shayx Mansurning akasi Eshli bilan narx borasida kelisha olmadi. Keyinchalik arab investorlarini olib kelish muvaffaqiyatsiz chiqdi. Uchinchi urinish esa muvaffaqiyat keltirdi. Steyvli “Nyukasl”ning 10 foiz aksiyasiga egalik qiladi va klubda direktor sifatida faoliyat yuritadi.

    Aytgancha, Steyvli xonim “Manchester Siti”ning BAA shayxlari qo‘liga o‘tishida ham vositachilik qilgandi. Eshli 12 yil avval shoshma-shosharlik qilmaganida shayx Mansur oilasi hozirda “Siti”ni emas, “Nyukasl”ni top-darajaga olib chiqqan bo‘lardi, ehtimol.

    Bu bitim bahordayoq amalga oshishi mumkin edi, biroq APL bilan kelishuvga erishib bo‘lmadi

    Tomonlar 2021-yilning bahoridayoq kelishuvga erishib bo‘lgandi, ammo PIF arizani qaytarib olishga majbur bo‘ldi. APL moliyaviy komissiyasi Saudiya Arabistonidagi noqonuniy teletranslyatsiyalar sabab kelishuvni ma’qullashni cho‘zdi.

    Gap shundaki, APLni yaqin sharq hududida translyatsiya qilish huquqi Qatarning beIN Sports kompaniyasiga tegishli. Biroq Saudiya Arabistoni 2017-yildan beri Qatar bilan chiqisha olmaydi, beIN Sports esa mamlakat hududida taqiqlangan. Translyatsiyalar muammosini saudiyaliklar BeoutQ orqali hal qilgandi: u beIN va boshqa kanallardan signalni o‘g‘irlaydi va qayta sotadi. BeIN — APLning yirik hamkorlaridan biri. Qatarliklar darhol “Nyukasl”ning saudiyaliklar tomonidan sotib olinishiga qarshi chiqdi. Kompaniya shartnomani buzish va buning uchun kompensatsiya to‘lamaslik shartini qo‘yishgacha bordi.

    Ushbu muammoning yechilgani kelishuvni yakunlashga zamin yaratdi. Mamlakat informatsion siyosati vaziri etib Majid al-Kasabi tayinlangach, APL bilan muzokaralarga nafaqat Amanda Steyvli kabi vositachilar, balki saudiyalik amaldorlar ham jalb qilindi.

    Saudiyaliklar APLning barcha talablarini bajardi: bir necha hafta ichida noqonuniy translyatsiya bilan shug‘ullanayotgan barcha kanallar yopildi, beIN Sports’ga mamlakatda faoliyat yuritishga yana ruxsat berildi va kompensatsiya o‘rnida qatarliklar 1 milliard dollar taklif etildi. Buning evaziga liga “Nyukasl” borasidagi kelishuvni tezlashtirdi.

    APL 7-oktabr tongida kelishuv tasdiqlanganini ma’lum qildi: “Barcha tomon kelishuvga erishdi, muxlislarning klub rahbariyati borasidagi beqaror fikrlariga chek qo‘yish vaqti keldi. Premyer Liga Saudiya Arabistoni qirolligi “Nyukasl” klubi boshqaruviga aralashmasligini tasdiqlovchi kafolat oldi”.

    “Nyukasl” bu yangilikni qanday qarshi oldi?

    Klubning ko‘plab muxlislari ushbu loyihani mamnuniyat bilan qabul qildi. Stadion atrofida bayram kayfiyati hukm surmoqda.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Klubga aloqador mashhurlar ham o‘zgarishlar ro‘y berishidan mamnun. Ayniqsa, klub afsonasi Alan Shirer: “Haaa. Biz yana orzu qilishimiz mumkin”.

    “Nima ham derdik, bu juda ko‘p vaqt oldi, nihoyat muxlislar o‘zlari munosib bo‘lgan rahbariyatga ega bo‘ldi. “Nyukasl”ni top-klublar bilan raqobat qiladigan darajaga olib chiqadigan rahbariyatga”, — deydi jamoaning uzoq yillik darvozaboni Shey Given.

    Bu kelishuvga hamma ham rozi emas

    Mazkur loyiha g‘arbda kuchli o‘ringa ega bo‘lgan inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar tomonidan jiddiy tanqid ostiga olinmoqda. Birinchi navbatda ko‘pchilik hamon jurnalist Jamol Qoshiqchining 2018-yildagi o‘limini esdan chiqarmagan. Ko‘pchilik shahzodani Qoshiqchining o‘limini tashkillashtirishda ayblagandi. Chunki Qoshiqchi Muhammad bin Salmonni jiddiy tanqid ostiga olgan, uning siyosatini avtoritar deb atagan va 2016-yilda mamlakatdan chiqarib yuborilgandi.

    Foto: Reuters

    Qoshiqchi Saudiya Arabistonining Turkiyadagi elchixonasi hududida vahshiyona o‘ldirilgandi. U elchixonaga qayta nikohdan o‘tishga ruxsat beruvchi hujjatni olishga keladi. Uning qaylig‘i Hadije Jengizni ichkari qo‘yishmaydi va u Jamolni boshqa ko‘rmaydi. Uni elchixona hududida o‘ldirilib, tanasi bo‘laklarga bo‘lib tashlanadi va keyin Saudiya Arabistoniga jo‘natiladi.

    Turkiya hukumati, AQSh Senati va Markaziy razvedka boshqarmasi jurnalistni o‘ldirish haqidagi buyruqni Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi Muhammad ibn Salmon berganligini ma’lum qilgan. Saudiya Arabistoni hukumati esa jurnalistning o‘limini kuch tuzilmalarining shaxsiy tashabbusi deb atagan.

    “Nyukasl” muxlislarini Jamol bilan bo‘lgan vaziyat emas, klubning moliyaviy kelajagi qiziqtiradigan ko‘rinadi. Puldan ham muhimroq narsalar borligi haqida ularga eslatib o‘tishni xohlardim.

    Ularga (saudiyaliklarga) bu jinoyat tufayli qaysidir ingliz klubini sotib ololmasligini ma’lum qilish kerak — bu har bir inglizning ularga aytadigan so‘zi bo‘lishi kerak. Ularga Jamol bilan bo‘lgan voqeani eslatib qo‘yish lozim, chunki o‘shanda hech kim javobgarlikka tortilmagandi. Ularni boshqacha usulda jazolashimiz kerak.

    Hech bo‘lmasa Jamolning ruhini hurmat qiling. U so‘z erkinligi uchun juda qimmat narx to‘ladi.

    Hadije Jengiz

    Shuningdek, bu kelishuvga ayrim jurnalistlar ham xayrixoh emas. Masalan, Channel 4 muxbiri Aleks Tomson.

    “Bolaligimdan ‘Nyukasl’  muxlisiman va bugun tongda o‘zimni yomon his qildim. Ha, Eshlida vaqt qolmadi, biroq u jurnalistlarni o‘ldirib, bo‘laklarga bo‘lmaydi, odamlarning boshini tanasidan judo qilmaydi va ijtimoiy hayotda ayollarga uchinchi toifa vakillaridek munosabatda bo‘lmaydi. Mana futbol nimaga aylanib qoldi, jin ursin”, — deydi Tomson va ortiq “Nyukasl”ga muxlislik qilmasligini aytdi.

    The Independent futbol bo‘limi boshlig‘i Migel Dileyni: «Saudiya Arabistoni va ‘Nyukasl’ — bu siyosat. Bu futbol emas, nomni sport orqali yuvish”.

    APLning qolgan 19 klubi bunga qarshi va favqulodda majlis chaqirildi

    The Guardian’ning xabar qilishicha, APLning ko‘plab klublari ushbu loyihadan “norozi”. Ushbu klublar Premyer Ligaga arznoma jo‘natgan va keyingi haftada favqulodda yig‘ilish chaqirishni talab qilgan.

    Qayd etilishicha, liganing qolgan 19 klubi ushbu loyihaga qarshi chiqish uchun birlashgan. Ular Saudiya Arabistoni hukumatining inson huquqlari bilan bog‘liq muammolari APLning imijiga putur yetkazishi xavotirda ekanini ma’lum qilgan.

    Hozircha ushbu majlis o‘tkazilishi va u loyihaning bekor bo‘lishiga sabab bo‘lishi noma’lum.

    Nodirxon Hamidxonov tayyorladi

    10.10.2021, 15:51   Izoh (0)   64610
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    4 ta nokdaun va 1 ta nokaut. Tayson Fyuri dramatik jangda Deontey Uaylderni nokautga uchratdi

    10.10.2021, 09:54

    JCh—2022 yo‘lida. Angliya va Polsha raqiblari darvozasiga javobsiz 5 tadan gol urdi

    10.10.2021, 02:04

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6 ta gol urilgan o‘yinda Malayziyani yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    09.10.2021, 21:58

    Trilogiya: 10-oktabr tongida Tayson Fyuri va Deontey Uaylder o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tadi

    09.10.2021, 17:32

    JCh—2022 yo‘lida. Germaniya so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi, Niderlandiyada kichik, Xorvatiyada esa yirik g‘alaba

    09.10.2021, 02:00

    Messidan Ronaldugacha. 2021-yilgi “Oltin to‘p” sovrini uchun barcha nomzodlar e’lon qilindi

    08.10.2021, 23:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.