• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sho‘royi islomiya”ning xatosi

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    “Sho‘royi islomiya”ning xatosi

    Maqolamizning shu unvoni, o‘quvchilarimizning hayrat va taajjublarig‘a sabab bo‘lsa kerak. Uzimizdag‘i shul maqolani buyuk bir hayrat va taajjub ichinda yozib turibmiz. Masala shu:

    “Sho‘royi islom” jamiyatining1 saylov to‘g‘risinda “uy egalari”2 otli bir rus partiyasi bilan ittifoq qilg‘anini barchamiz bilib oldik endi. Mashhur so‘zlarg‘a qarag‘anda, shul ittifoq ikki musulmon, bir rus tartibi o‘zaro bog‘langan. Muning ma’nosi shuki, “Sho‘royi islom” o‘z ro‘yxatig‘a elli(q) musulmon va yigirma besh rusni, ikki musulmon bir rus qilib yozadir. Saylov kuni “Sho‘royi islom” tarafdorlari bo‘lg‘an musulmonlar bilan “uy egalari” tarafdorlari bo‘lg‘an ruslar shul sho‘roning ro‘yxatig‘a tavush berurlar va natijada masala 15 galos3 olinsa, 5 tasini ruslarga berib, 10 tasini musulmonlar olurlar.

    Tunov kuni mutafakkir bir do‘stim bilan shul to‘g‘rilarda gapurib o‘tirg‘an edim. Do‘stim haqli bir suratda “Sho‘royi islom”ning shul ittifoqini tanqid qildi, dedikim:

    Samarqand saylovig‘a qushilaturg‘anlar; musulmondan (xotunlar hisob emas) o‘n olti ming, juhud ikki ming besh yuz, rus o‘n bir ming besh yuz, hammasi o‘ttiz ming kishi bo‘lur. Shul o‘ttiz ming kishini yetmish besh galosiga taqsim qilsak, har to‘rt yuz kishiga bir galosi tushar. Emdi shunisi ham ma’lumdirki, saylovg‘a qo‘shilaturg‘an o‘n bir ming besh yuz rusning hammasi “uy egalari” partiyasiga dohil emaslar. Chunki ruslar orasinda “uy egalari” partiyasidan boshqa to‘rt-besh partiya bordur. “Uy egalari” partiyasi g‘ayrat qilsa, o‘n bir ming besh yuz rusdan ikki mingini o‘z tarafiga ola bilur.

    Faraz qilaylikki: sho‘ro jamiyati shul saylovda o‘z tarafig‘a, o‘z ro‘yxati uchun ikki ming musulmon tovushi ola bilsun. “Uy egalari” partiyasining o‘ttiz besh galosi tushar. Endi ittifoq yuzindan sho‘ro jamiyatining o‘zi shul o‘ttiz besh galosdan o‘n ikki ming musulmon tovushi olur 24 galosni; “uy egalari” partiyasiga ikki ming rus tovushi uchun berur o‘n bir galosni!

    Holbuki, ayri-ayri spiska bo‘lg‘anda “Sho‘royi islom” o‘n ikki ming musulmon tovushi uchun 30 galosni va “uy egalari” partiyasi ikki ming rus tovushi uchun besh galosni olur edi. Mana shul hisob yuzindan Sho‘ro jamiyatining shul qilg‘an ittifoqi musulmon haqig‘a zararlidir, chunki olti musulmon galosining yeri ruslarg‘a o‘tgan bo‘lur.

    Do‘stimning bu hisoblarini eshitgach, hayratda qoldim. “Ajabo, Sho‘ro jamiyati nechun shuni tushunmaydi?” dedim va chiqib keldim. Sho‘ro shu masalani tushunmag‘an bo‘lsa, millatning o‘zi tushunsin va ortuq qaysi no‘mir ro‘yxatg‘a tovush bermak kerak edigini tayin etsun.

    Abdurauf Fitrat, “Hurriyat” gazetasi 1917-yil 5-sentabr 36-son

    Qayta nashri: “Yoshlik”, 1991-yil 10-son 45-bet (N. Avazov nashrga tayyorlagan). Saylovlarda ishtirok etayotgan har bir firqa qatori “Sho‘royi islomiya” tashkiloti va uning rus “uy egalari” firqasi bilan hamkorligi tanqid etilgan.

    Izohlar


    1 Sho‘royi islomiya — 1917-yil 1-aprelda mazkur tashkilotning 1-qurultoyida ta’sis etilgan jamiyat. Sobiq o‘ng jadidlar, asosan, shu jamiyat quruvchilari edilar. Uning dasturi qurultoyda Munavvarqori nutqida e’lon etilgan.

    2 Uy egalari — Turkistonda mavjud rus partiyalaridan biri.

    3 galos — ovoz.

    Mavzuga doir:

    • Abdulla Qodiriy: Biz kim va nimalardan qo‘rqamiz?
    • Cho‘lpon: Istiqbol uchun kurash
    • Fitrat: Musulmonlar, g‘ofil qolmang!
    • Abdulla Qodiriy: Maslaku maqsaddan shammai izhor
    • Cho‘lpon: Ruhimiz o‘lmasun
    • Fitrat: Johilona taassubg‘a misol
    • Abdulla Qodiriy: Dumbasi tushib qolg‘an emish
    • Cho‘lpon: O‘t arava to‘g‘risida

    09.10.2021, 23:58   Izoh (0)   42433
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Istanbuldagi o‘zbek somsa markazi, nochor qolgan afg‘on qizchasi, raqs tushayotgan galaktikalar. Hafta suratlari

    09.10.2021, 23:54

    Til — el ruhi

    09.10.2021, 23:28

    Surxondaryoda tanishini pichoqlab qo‘ygan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi

    09.10.2021, 23:17

    O‘zbekistonda Etnosport assotsiatsiyasi tashkil etildi

    09.10.2021, 22:16

    O‘zbekiston bo‘ylab 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

    09.10.2021, 21:15

    Buxoroda saksovul o‘g‘irlagan 10 ta yuk mashinasidan biri ushlandi. Haydovchi tabiiy gaz bo‘lmagani uchun bunga qo‘l urganini bildirgan

    09.10.2021, 20:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.