O‘zbekiston milliy terma jamoasi 9-oktabr, shanba kuni Malayziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi.

Foto: O‘FA

Ammanda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston terma jamoasining tezkor goli bilan boshlandi. 17-daqiqada Doston Hamdamov qanotdan oshirilgan to‘pni darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi va hisobni ochdi. Oradan 12 daqiqa o‘tib, Hamdamov dublni rasmiylashtirdi. 33-daqiqaga kelib, Husayn Norchayev hisobni 3:0 ko‘rinishga olib keldi. Bo‘lim yakunida esa Malayziya o‘zbekistonlik himoyachilarning pala-partish harakatlaridan keyin oradagi farqni qisqartirishga erishdi.

Ikkinchi bo‘limda ham Srechko Katanes shogirdlari qator hujumlar uyushtirdi va bu 67-daqiqada o‘z samarasini berdi: Ibrohimxalil Yo‘ldoshev chap qanotdagi faolligi evaziga o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. O‘yin yakunlanishi arafasida Azizbek Omonov o‘yinga yakun yasab bergan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyadagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozondi. Terma jamoa endilikda 12-oktabr kuni Iordaniya bilan bahs yuritadi.

O‘rtoqlik o‘yini

9-oktabr, shanba

O‘zbekiston — Malayziya 5:1

Gollar: Gollar: 1:0 – 17 Hamdamov, 2:0 – 29 Hamdamov, 3:0 – 33 Norchayev, 3:1 – 45+1 Baddrol, 4:1 – 68 Yo‘ldoshev, 5:1 – 88 Omonov.

O‘zbekiston: Valijon Rahimov, Dilshod Saitov, Rustam Ashurmatov (Doston Tursunov, 71), Husniddin Aliqulov, Farrux Sayfiyev (Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 61), Otabek Shukurov (Akmal Mozgovoy, 61), Aziz G‘aniyev, Doston Hamdamov (Shahboz Umarov, 71), Jaloliddin Masharipov, Husayn Norchayev (Azizbek Omonov, 79), Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev, 62).