Ummon va Eronga kuchli “Shohin” tropik sikloni urildi, 13 kishi tabiiy ofat qurboniga aylandi, deb yozmoqda BBC.

Foto: EPA

Qayd etilishicha, Ummonning shimoliy qirg‘og‘ida keng ko‘lamli suv toshqini sodir bo‘lgan. Kuchli yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi soatiga 150 kilometrgacha yetgan.

Ummon hukumati Shimoliy al-Batina provinsiyasida 7 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Yana to‘rt kishi ko‘chkilar oqibatida cho‘kib ketgan yoki halok bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, Eronda ikki baliqchining jasadi topilgan. Yana uch nafar baliqchi bedarak yo‘qolgan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: EPA