• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tobelikning boshlanishi. Buxoro amirligini Chor Rossiyasi vassaliga aylantirgan Shahrisabz “do‘stlik” shartnomasi haqida

    1873-yil 28-sentabr kuni Buxoro hukmdori Amir Muzaffar Rus imperiyasi tomonidan taklif etilgan Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi “do‘stlik” shartnomasiga imzo qo‘yadi. Shu tariqa O‘zbakiston (Buxoro xonlik/amirligining ikkinchi nomi) o‘zining bir necha asrlik mustaqil va ulug‘vor tarixini tugatib, bir asrdan oshiqroq davom etgan rus hukmronligi davriga kiradi. “Daryo” mazkur shartnoma va uning tarixi haqida hikoya qiladi.

    Urush

    Qo‘qon xonligi bilan urush davom etarkan Chor Rossiyasi xonlikni tezroq taslim qilish uchun uni mintaqadagi asosiy va qadimiy o‘zbek davlati — Buxoro amirligiga bilan uzishga qaror qiladi. General Romanovskiy boshchiligidagi Turkiston general-gubernatorligi armiyasi amirlikka qarshi yurishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi.

    Buxoroning qudratli amirlaridan biri Amir Nasrullodan so‘ng Buxoro taxtiga o‘tirgan Amir Muzaffar ruslarning ehtimoliy hujumi xavfini bilardi. Ammo amir bosqinga qarshi turish uchun kerakli mudofaani uyushtira olmaydi.

    1868-yil 20-may kuni Jizzax yaqinidagi Erjar tepaligida amirlik va rus qo‘shinlari o‘rtasida ilk to‘qnashuv yuz beradi. Son jihatdan Buxoro qo‘shinining mutlaq ustunligiga qaramay ruslarning birinchi zarbasidanoq amir qo‘shini tumtaraqay bo‘ladi. Ruslarning zamonaviy qurollarga ega ekani va Amir Muzaffarning juda qo‘rqoq, jangovar tajribaga ega emasligi to‘qnashuv taqdirini hal qiluvchi omillardan bo‘ladi. Erjardagi mag‘lubiyatdan so‘ng butun Buxoro tushkunlikka tushib qoladi, diniy mullalar amirga qarshi fitna boshlab, uni Rossiya bilan til biriktirishda ayblaydi.

    Yurish davom ettirilib, Xo‘jand va Jizzax qo‘lga kiritilgach Kaufman amirga tinchlik shartnomasini taklif qiladi. Chunki asosiy vazifa bajarilgan bo‘lib, Buxoro va Qo‘qon xonliklari chegarasi uzib qo‘yilgan, Buxorodan uzilib qolgan Xudoyorxon fon Kaufman tinchlik shartnomasi imzolashga majbur bo‘lgandi. Biroq manman amir unga javob bermaydi va rus qo‘shini amirlik tomon yurishni davom ettiradi.

    Zirabuloq jangi

    Zirabuloq jangi
    Foto: Wikipedia

    Amir Muzaffar qo‘l ostidagi barcha kuchlarini safarbar qilishiga qaramay rus qo‘shinini to‘xtatib qololmaydi va Samarqandni boy beradi hamda Zirabuloq jangida to‘liq mag‘lubiyatga uchraydi. Natijada noiloj qolgan amir tinchlik sulhi so‘rashga majbur bo‘ladi. Uning so‘rovi qabul qilinib, sulhga binoan Buxoro amirligining bir qancha hududlari: Samarqand, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Panjikent va Urgut Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga o‘tadi. Bundan tashqari amir rus hukumatiga ulkan miqdordagi o‘lpon ham to‘laydi.

    “Do‘stlik” shartnomasi

    Tinchlik sulhi tuzilgandan to‘rt yil o‘tib, Xiva yurishi tugagach Turkiston general-gubernatori amirga yangi shartlar bilan to‘ldirilgan “do‘stlik” shartnomasini taklif qiladi. Bu shartnoma orqali Kaufman rus hukumatining Buxorodagi hokimiyatini yanada mustahkamlashni niyat qilgan edi.

    Shartnoma o‘n sakkiz banddan iborat bo‘lib, unga ko‘ra Xiva xonligidan tortib olingan ba’zi hududlar Buxoro amirligiga o‘tkazilishi, rus savdogarlari amirlik hududida faqatgina ikki yarim foizlik boj to‘lashi va buxorolik savdogarlar ham Turkiston general-gubernatorligi hududida shunday huquq bilan savdo qilishi belgilanadi. Qolaversa, rus savdogarlariga Amudaryo bo‘ylab erkin savdo qilish huquqi beriladi, ular Buxoro amirligi hududi orqali tranzit savdoni boj to‘lovisiz amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Rossiya fuqarolariga Buxoro amirligi hududidan ko‘chmas mulk sotib olishiga ruxsat beriladi. Ayni vaqtda Buxoro amirligi fuqarolariga ham Rossiya yerlarida shunday huquq taqdim etiladi. Rus hukumati talabi bilan amirlikda qul savdosiga chek qo‘yiladi.

    Buxoro amiri Amir Muzaffariddin (chapda) va Turkiston general-gubernatori fon Kaufman

    Buxoro amiri Amir Muzaffariddin (chapda) va Turkiston general-gubernatori fon Kaufman
    Foto: Getty Images

    Shartnomaning o‘n yettinchi bandida: “Rus hukumati oliy hokimiyat bilan uzluksiz aloqani ta’minlash maqsadida imperator Buxoro amiri huzurida o‘zining oliy martabali vakilini tayinlaydi. Buxorodagi rus hokimiyatining vakili Toshkentdagi amir vakili kabi Buxoroda rus hukumati hisobidan yashaydi” deb belgilanadi va Buxoroda Rossiya imperiyasining ishonchli vakili tayinlanib, u amir ustidan nazorat o‘rnatadi. Bundan tashqari Toshkentda Buxoro amirining doimiy elchisi ham tayinlanadi. Amalda rus hukumati vakili Buxoro amirligining tashqi va ichki siyosatini belgilovchi shaxsga aylanadi. Amirlar har bir qaror yoki qonun qabul qilish oldidan u bilan hisoblashishga majbur bo‘ladi.

    1873-yil 28-sentabr kuni Amir Muzaffar ushbu shartnomaga imzo qo‘yadi. Shartnomaga Shahrisabz shahrida imzo chekilgani uchun u tarixda “Shaar (Shaar-sabz, Shahrisabz) shartnomasi” nomi bilan qoladi. 10-oktabr kuni shartnomaga Toshkentda general-gubernator fon Kaufman tomonidan imzo qo‘yilgach rasman kuchga kiradi.

    Shartnoma qanday ahamiyat kasb etdi?

    Aytish mumkinki, “Shahrisabz shartnomasi” Buxoro amirligi uchun unchalik ham fojiali emasdi. Birinchidan, rus savdogarlariga amirlikda berilgan erkinliklarning deyarli bari Buxoro savdogarlariga ham Rossiya hududida berildi. Ikkinchidan, amirlik kichik bo‘lsa-da yangi Amudaryobo‘yi hududlarga ega bo‘ldi. Uchinchidan, rus savdogarlarining tranzit savdo bojidan ozod qilinishi ularning Buxoro orqali Afg‘oniston va Hindiston bilan savdo qilishiga yaxshi imkoniyat yaratdi. Biroq shartnomadan keyingi 50 yillikda bu juda keng amalga oshirilmagan bo‘lsa ham amirlikda temiryo‘llar qurilishida bu imtiyoz qisman rol o‘ynadi.

    Amir Abdulahadning Sankt-Peterburgga tashrifi. 1881-yil

    Amir Abdulahadning Sankt-Peterburgga tashrifi. 1881-yil
    Foto: Google Images

    Va nihoyat to‘rtinchidan esa Buxoro amiri baribir nisbatan o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Garchi shartnomaga ko‘ra Buxoro amirligida Rossiya vakili tayinlangan bo‘lsa ham amir ichki siyosatda anchayin erkin edi. Rus qo‘shinlari amirga unga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlarni bostirishida yordam bera boshladi. Shu tariqa Markaziy Osiyo uchun Buyuk Britaniya va Rossiya o‘rtasida boshlangan “katta o‘yin” tugadi va mintaqa Chor Rossiyasi ta’sir doirasiga kirdi.

    Oradan 47 yil o‘tib o‘lkada ruslar hukmronligi boshqa shaklga: kommunistik tuzumga o‘zgardi. 1920-yilda Buxoro ASSR tuzilgach “Shaar shartnomasi” o‘z kuchini yo‘qotdi. O‘zbekistonda ruslar boshqaruvi turli xil ko‘rinish bilan yuz yildan oshiqroq davom etdi.

    Muhammadqodir Sobirov tayyorladi

    28.09.2021, 18:12   Izoh (0)   88824
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.