Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 20-turidan o‘rin olgan uchta o‘yin 26-sentabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Navbahor”

“Navbahor” va “Qizilqum” jamoalari Namanganda o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuvda darvozalar daxlsiz qoldi va o‘yin nursiz durang bilan yakun topdi.

“Navbahor” (29 ochko) va “Qizilqum” (28) musobaqa jadvalida 6 hamda 7-o‘rinlarni egallab turibdi.

“OKMK” o‘z uyida “Surxon”ni qabul qildi. Uchrashuvning 75-daqiqasida Dilshod Ahmadaliyev tomonidan kiritilgan to‘p olmaliqliklarga g‘alaba keltirdi.

Bu g‘alabadan keyin “OKMK” 36 ochko bilan uchinchi pog‘onadagi o‘rini mustahkamladi. “Surxon” (14) 13-o‘rinda qoldi.

“So‘g‘diyona” o‘z uyida “Metallurg”ni qabul qildi. Dastlabki daqiqadayoq Jamshid Boltaboyev mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Shohruz Norxonov jamoasining ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Jizzaxliklar 38 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda, “Metallurg” (19) esa 10-pog‘onadan joy olgan.

Superliga

20-tur bahslari

26-sentabr, yakshanba

“Navbahor” — “Qizilqum” 0:0

“Navbahor”: 1.O‘tkir Yusupov, 4.Boyan Siger, 7.Azimjon Ahmedov ( 8.Sardor Telyakov, 76), 9.Ivan Solovyov (20.Ibrohim G‘anixonov, 76), 10.Quvondiq Ro‘ziyev (14.Kosta Guttiner, 67), 17.Ehsoni Panshanbe (28.Ilhomjon Alijonov, 86), 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davronbek Hoshimov, 88.Boyan Naydenov, 95.Zabihillo O‘rinboyev (70.Abbosjon G‘ulomov, 86).

“Qizilqum”: 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Boydullayev, 7.Islom Kenjaboyev (92.Vladislav Aleksin, 89), 8.Giorgi Kuxianidze, 10.Mate Vatsadze ( 9.Behruz Sa’dilloyev, 64), 14.Fayzulla Qambarov, 19.Jamshid Hasanov (18.Jasur Azimov, 78) , 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 21.Muhsinjon Ubaydullayev, 25.Azizbek Usmonov, 30.Elguja Grigalashvili.

Ogohlantirishlar: Ahmedov (17), Qambarov (50), Grigalashvili (69), Hasanov (75).

“OKMK” — “Surxon” 1:0

Gol: 1:0 – 75 Dilshod Ahmadaliyev.

“OKMK”: 35.Valijon Rahimov, 7.Sardor Rahmonov, 8.Boburbek Yo‘ldoshev, 10.Husniddin G‘ofurov, 11.Murod Toshmatov, 17.Sanjar Tursunov, 18.Aleksandr Kasyan, 23.Yovan Jokich, 27.Martin Boake (9.Zafar Polvonov, 62), 28.Shohruh Gadoyev (2.Akrom Komilov, 62), 77.Dilshod Ahmadaliyev.

“Surxon”: 12. Rustam Nortojiyev, 4. Javohir Sohibov, 5.Jasur Yoqubov, 6. Alisher Salimov, 8.Jahongir Ahmadov (60. O‘ral Choriyev, 81), 11. Zohir Pirimov, 14 Jasur Xolto‘rayev (10. Murodbek Bobojonov, 76), 19. Nuriddin Hasanov (38.Muhammad Ali Abdurahmonov, 81), 20. Husniddin G‘ofurov, 70. Ibrohim Yo‘ldoshev (66. Behruz Shaydulov, 30), 80. Nikita Pavlenko (23.Abdul Aziz Yusupov, 76).

“So‘g‘diyona” — “Metallurg” 2:0

Gollar: 1:0 – 1 Jamshid Boltaboyev, 2:0 – 50 Shohruz Norxonov.

“So‘g‘diyona”: 27.Milan Mitrovich, 4.Elyor Orifov (63.Asiljon Begimqulov 58), 5.Ayubxon No‘monov (18.Darko Stanoyevich, 46), 6. Iskandar Shoyqulov (15.Jasurbek Hakimov, 80), 8.Jamshid Boltaboyev, 10.Shohruz Norxonov (77.Sahob Rashidov, 80), 11.Jasur Hasanov, 17.Shahboz Jo‘rabekov (28.Ergash Ismoilov, 43), 19.Javohir Qahramonov, 31.Luka Chermel, 93.Marko Kolakovich.

“Metallurg”: 1.Akmal Tursunboyev, 4.Odilbek Abdumajidov, 8.Salamat Kutibayev (11.Ivan Nagayev, 55),  10.Shahzodbek Nurmatov (15. Zohid Abdullayev, 55), 14.Abrorbek Toshqo‘ziyev (30.Ibrohim Ibragimov, 55), 22.Shahzodbek G‘ofurbekov,  28.Stanislav Andreyev, 55.Akbarjon Ismatullayev, 70.Muhammad Isayev,  90.Abdurahmon Abdulhaqov (7. Ruslan Roziyev, 84), 98.Damir Temirov.

Ogohlantirishlar: Abdulhaqov (12), Shoyqulov (52).