Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 7-turidan o‘rin olgan bir qator bahslar 25-sentabr, shanba kuni o‘tkazildi.

Foto: Getty Images

“Real” o‘z maydonida “Vilyarreal”ni qabul qilib, 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. Uchrashuv davomida har ikkala jamoa a’zolari har qancha urinmasin darvozalarga to‘p kiritilmadi.

“Atletiko M” 7-turgacha so‘nggi o‘rinda borgan “Alaves” maydoniga safar qildi va 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdagi yagona gol 4-daqiqada Viktor Laguardia tomonidan kiritildi.

“Valensiya” “Atletik” bilan murosa yo‘lini tanlagan bo‘lsa, “Sevilya” “Espanyol”dan ustun keldi.

7-turdan keyin “Real” 17 ochko bilan musobaqa jadvalini boshqarmoqda. 14 ochko jamg‘argan “Atletiko M” esa 3-pog‘onani egallab turibdi.

Top-5 ligalar onlayn jadvallari, o‘yinlar taqvimi, to‘purarlar ro‘yxati — ko‘rish.

La Liga

7-tur bahslari

25-sentabr, shanba

“Real Madrid” — “Vilyarreal” 0:0

“Real Madrid” – Kurtua, Alaba, Militao, Nacho, Modrich (Azar, 73), Kazemiro, Valverde, Benzema, Asensio (Isko, 81), Vinisius Junior, Rodrigo (Kamavinga, 46).

“Vilyarreal” – Ruli, Foyt (Mario Gaspar, 86), Albiol, Pau Torres, Alberto Moreno, Kapu, Koklen (Moyses Gomes, 58), Parexo, Pino (Trigeros, 84), Pako Alkaser (Dia, 58), Danjuma (Penya, 84).

Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (40), Koklen (55), Moyses Gomes (70).

“Alaves” – “Atletiko” 1:0

Gol: 1:0 – 4 Laguardia.

“Valensiya” – “Atletik” 1:1

Gollar: 0:1 – 69 Martines, 1:1 – 90 Markos Andre.

“Sevilya” – “Espanyol” 2:0

Gollar: 1:0 – 13 en-Nesiri, 2:0 – 87 Rafa Mir.